Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza - Atalanta
17/01 01:00 Espanyol - Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano

Emmanuel Adebayor: «Togo ahliga o‘rnak bo‘lmoqchiman»

Emmanuel Adebayor: «Togo ahliga o‘rnak bo‘lmoqchiman»

Baho:
+ | -

«Arsenal», «Manchester Siti» va «Real»ning sobiq hujumchisi Emmanuel Adebayor La Gazzetta dello Sport nashriga ochiq intervyu berdi. Unda togolik futbolchi qiyin o‘tmishi haqida hikoya qildi.

- Faoliyatingiz shunday davom etayotganidan mamnunmisiz?

- Kuchli klublar sharafini himoya qildim. Shunday ekan, faxrlansam bo‘laveradi. Ajoyib jamoalar safida, buyuk murabbiylar qo‘l ostida ishladim, fenomenal sheriklar yonida to‘p surdim.

Lekin faoliyatim hali yakunlangani yo‘q. Hozirda Istanbulda yashayapman, hammasi yaxshi kechmoqda. Katta klubda o‘ynayapman. Ha, yoshim 34ga borib qoldi. Lekin o‘zimni 20 yoshli yigitdek his qilyapman (kuladi).

- Agar vaqtni ortga qaytarishning iloji bo‘lganida, faoliyatingizda nimanidir o‘zgartirarmidingiz?

- «Arsenal»da ajoyib damlarni o‘tkazdim. Bu haqiqiy ertak edi.

- «Manchester Siti»ga o‘tishingiz qanday sodir bo‘lgan? «Arsenal» fanatlari buning uchun sizni hali ham kechirishmagan.

- Hammasiga aybdor - Venger. U ketishimni xohlagan. Klub mening transferimdan pul ishlab olardi. Moliyaviy sharoit tufayli men bilan xayrlashishgan. Ammo aynan Venger tufayli yuqori saviyali futbolchiga aylanganman. U menga ko‘p narsalarni o‘rgatdi.

- Siz ishlagan murabbiylar orasida eng yaxshisi Vengermi?

- Yo‘q. Eng yaxshisi - Mourinyu. Joze buyuk murabbiy. U jamoa bilan do‘stona aloqalarni o‘rnatadi, munosabatlarimiz a’lo darajada edi. Shuningdek, Tim Shervudni ham alohida ko‘rsatgan bo‘lardim. «Tottenxem»da u menga otamdek edi.

Hozir «shporlar»ni Yevropadagi eng yaxshi mutaxassislardan biri Pochettino boshqarmoqda. Ishonchim komil, kelajakda u top-klublardan birida ishlaydi. Faqatgina Manchini bilan munosabatlarimiz yaxshi bo‘lmagan.

U menga boshidayoq yoqmagan. Nafaqat murabbiy, balki inson sifatida ham. Uning mashg‘ulotlari eng zerikarlisi edi.

- Muxlislar xarakteringiz og‘irligini aytishadi. Ular sizni «telba» deyishardi.

- Oddiy insonman. Hamma bilan hazillashib, kulib yurishni istayman. Menga odamlar kulmasa, yoqmaydi. Balki o‘shanga ham ko‘pchilik meni «shoumen» desa kerak.

- Aytishlaricha, oilangizdagi muammolar tufayli faoliyatingizni ham yakunlamoqchi bo‘lgan ekansiz.

- Bundan battari ham bo‘lgan. Tarixim kimlargadir saboq bo‘lishga arziydi. Menimcha, inson har qanday holatda ham baxtli bo‘lishga intilishi lozim. Uch yil oldin ijtimoiy tarmoqlarda oilamni tark etganim haqida gapirgandim.

Haligacha hech nima o‘zgargani yo‘q. Shunchaki, qarindoshlarim menga inson sifatida munosabatda bo‘lishlarini istayman. Bir safar onamga 45 ming yevrolik taqinchoq sovg‘a qilgandim. Ukam esa uni 800 yevroga sotib yuborgan.

Boshqa ukam Rotimini futbol akademiyasiga joylab qo‘ygandim. Lekin u jamoadoshlarining telefonlarini o‘g‘irlayverganidan so‘ng haydab yuborishgan. Onamga ukamni yaxshi maktabga joylashi uchun pul bergandim. Ammo u bu pullarni keraksiz narsalarga sarflab yuborgan.

- Faoliyatingizni yakunlaganingizdan so‘ng qayerda yashamoqchisiz?

- Togo ahliga o‘rnak bo‘lmoqchiman. Faoliyatimni yakunlaganimdan so‘ng u yerga qaytaman. Hamyurtlarim maktablar va sport akademiyalari yetishmasligidan qiynalishadi.

Afrika - bu keng imkoniyatlar qit’asi. Lekin uning rivoji uchun ko‘p ishlash kerak. Togoda futbolni rivojlantirish uchun qo‘limdan kelganini qilaman.

InterFutbol.uz ning Telegram dagi sahifasiga ulaning – eng so‘nggi yangiliklar, qiziqarli bloglar va tahliliy materiallar endi bir to‘plamda.

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 12:43, 21.05.2018.
O'qildi: 2444 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.