Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/03 00:45 Udineze 0-1 Yuventus
15/03 01:00 Vest Xem 1-1 Manchester Siti
15/03 01:00 Real Madrid 4-1 Elche
15/03 16:30 Verona 0-2 Jenoa
15/03 18:00 Malyorka 2-1 Espanyol
15/03 19:00 Nottingem Forest 0-0 Fulhem
15/03 19:00 Man. Yunayted 3-1 Aston Villa
15/03 19:00 Kristal Pelas 0-0 Lids
15/03 19:00 Piza 3-1 Kalyari
15/03 19:00 Sassuolo 0-1 Bolonya
15/03 19:15 Neftchi 1-0 Paxtakor
15/03 20:15 Barselona 5-2 Sevilya
15/03 21:30 Liverpul 1-1 Tottenhem
15/03 22:00 Komo 2-1 Roma
15/03 22:30 Betis 1-1 Selta
16/03 00:45 Lasio 1-0 Milan
16/03 01:00 Real Sosyedad 3-1 Osasuna
17/03 00:45 Cremonese - Fiorentina
17/03 01:00 Brentford - Vulverhempton
17/03 01:00 Rayo Valyekano - Levante

Triatlon bo‘yicha mamlakat chempionatida g‘oliblar aniqlandi

Triatlon bo‘yicha mamlakat chempionatida g‘oliblar aniqlandi

Baho:
+ | -

Navoiy shahrida olimpiya oilasiga kiruvchi triatlon bo‘yicha O‘zbekiston birinchiligi hamda chempionati bo‘lib o‘tdi. Dastlab startga kirishgan 15-17 yoshli sportchilar o‘rtasida poytaxtlik triatlonchilarning qo‘li baland keldi. Kamron Xadjayev belgilangan masofani suzish, velosport va yugurush bahslari orqali 37 daqiqa 28 soniyada bosib o‘tdi. Ruslan Safin esa undan 1 daqiqa 10 soniya ortda qoldi. Navoiylik Kiril Kisilev 39 daqiqa 11 soniya vaqtni ko‘rsatdi.

Shu yoshdagi qizlar musobaqasida navoiylik Sevara Suyarova birinchi (41,56), qashqadaryolik Shahlo Boboqulova ikkinchi (44, 36), yana bir mezbon sportchisi Zulayho Nurillayeva uchinchi o‘rinni (45, 08 vaqt bilan) egalladi. Mazkur yosh toifasida umumjamoa hisobida Navoiy viloyati vakillari birinchi, Toshkent shahri sportchilari ikkinchi, Qashqadaryolik triatlonchilar uchinchi o‘ringa ega bo‘lishdi.

Shuningdek, O‘zbekiston chempionligi va terma jamoa tarkibidan o‘rin egallash uchun 20 yoshli va undan katta bo‘lgan sportchilar startda jam bo‘lishdi. Musobaqada ishtirokchilar dastlab 1500 metr masofani suzib o‘tishlari, so‘ngra qirq kilometr masofadagi velopoygada yetakchi bo‘lish uchun intilishlari va nihoyat 10 kilometr masofani yugurib o‘tishlari talab etildi. Natijalarga ko‘ra xalqaro toifadagi sport ustasi Javohir Yunusov 1 soat 51 daqiqa 36 soniya bilan birinchi o‘rinni qo‘lga kiriti. Ikinchi va uchinchi o‘rinlar toshkentlik Aleeksandr Kurishov hamda Shoxrux Yunusovlarga nasib etdi.

Ayollar o‘rtasidagi musobaqalarda samarqandlik Dildora Xudoynazarova bahslarni 2 soat 23 daqiqa 20 soniya bilan birinchi bo‘lib yakunladi. Ikkinchi o‘rin poytaxtlik Latofat Sodiqova (2 soat, 23 daqiqa, 48 soniya), uchinchi o‘rinni Toshkent viloyati vakilasi Xayotxon Abdumannopova (2 soat, 33 daqiqa 59 soniya) egalladi. Chempionatda umumjamoa hisobida Toshkent shahri vakillari birinchi, andijonlik triatlonchilar ikkinchi, Samarqand viloyati sportchilari uchinchi o‘rinni band etishdi.

Manba: www.olympic.uz
Kiritildi: 15:56, 22.05.2018.
O'qildi: 2233 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.