Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/04 00:00 Alaves 2-2 Osasuna
06/04 15:30 Udineze 0-0 Komo
06/04 18:00 Lechche 0-3 Atalanta
06/04 21:00 Yuventus 2-0 Jenoa
06/04 23:45 Napoli 1-0 Milan
07/04 00:00 Jirona 1-0 Vilyarreal
07/04 17:00 Lokomotiv - Xorazm
07/04 18:00 Mash’al - Bunyodkor
07/04 19:15 Andijon - Navbahor
07/04 23:59 Real Madrid - Bavariya
07/04 23:59 Sporting - Arsenal
08/04 18:00 Qo‘qon-1912 - Nasaf
08/04 19:00 OKMK - Surxon
08/04 20:15 Dinamo - So‘g‘diyona
08/04 23:59 Barselona - Atletiko
08/04 23:59 PSJ - Liverpul

Andrey Fyodorov: «Biz bundan yaxshiroq o‘ynashimiz lozim edi»

Andrey Fyodorov: «Biz bundan yaxshiroq o‘ynashimiz lozim edi»

Baho:
+ | -

"Lokomotiv" – "Qizilqum" (2:2) uchrashuvidan so‘ng o‘tkazilgan matbuot anjumanida "temiryo‘lchilar" jamoasi bosh murabbiyi vazifasini bajaruvchi Andrey Fyodorov hamda o‘yinning eng yaxshi futbolchisi Ikrom Aliboyev ishtirok etishdi.

- Biz bundan yaxshiroq o‘ynashimiz lozim edi. Birinchi bo‘lib gol o‘tkazib yuborsak, raqib jamoalar ko‘pincha yopiq o‘yin ko‘rsata boshlashyapti. Bu esa hujum qilayotgan jamoaga qiyinchlik tug‘diradi. Agar har ikki jamoa ham ochiq o‘yin namoyish etsa, o‘yin ham tomoshaboproq kechadi. Islom To‘xtaxo‘jayev kichik jarohat borligi sababli almashtirildi. Yo‘qsa uning o‘rniga oldingi chiziqni kuchaytirgan bo‘lardik. 

Yozda tarkibni kuchaytiramiz, albatta. Faqat keladigan o‘yinchining saviyasi biznikilardan yuqoriroq bo‘lishi lozim. Koreyalik Cho Suk Jayega esa javob berdik. Ushbu futbolchi bizning mamlakatimizga ko‘nika olmadi. U o‘z tilida so‘zlashadigan futbolchi yo‘qligi sababdan ham biroz qiynaldi, - dedi tajribali mutaxassis.

- Uchrashuv ancha qiyin o‘tdi. "Qizilqum" ancha yaxshi o‘yin ko‘rsatdi. Biz esa o‘z o‘yinimizni namoyish eta olmadik. Bugun biz mag‘lubiyatga tenglashtirsa bo‘ladigan durang o‘ynadik, - dedi Ikrom Aliboyev.

Manba: www.lokomotiv.uz
Kiritildi: 02:37, 23.05.2018.
O'qildi: 2194 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик