Kirish Ro'yxatdan o'tish

Samarqandda kamondan o‘q otish bo‘yicha VI xalqaro «Fotih kubogi» musobaqasiga bag‘ishlangan tadbir tashkil etildi

Samarqandda kamondan o‘q otish bo‘yicha VI xalqaro «Fotih kubogi» musobaqasiga bag‘ishlangan tadbir tashkil etildi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT

Bugun Butunjahon etnosport konfederasiyasi rahbari, Kamonchilar fondi vasiylik kengashi raisi, Turkiya yoshlar fondi Oliy maslahat kengashi a’zosi Bilol Erdogan va “Turkiya-O‘zbekiston” parlamentlararo do‘stlik guruhi raisi, Turkiya Buyuk Millati Majlisi a’zosi Haydar Ali Yildiz boshchiligidagi katta delegasiya mamlakatimizga tashrif buyurgani haqida xabar qilgandik.

Tashrif avvalida mehmonlar poytaxtimizdagi diqqatga sazovor joylarni borib ko‘rishdi. Keyin esa Samarqand shahriga yo‘l olindi.

Mehmonlar Samarqandga tashrifni «Go‘ri Amir» maqbarasini ziyorat qilishdan boshlashdi. U yerda buyuk bobokalonimiz Amir Temurning haqqiga qur’on tilovat qilindi.

So‘ngra «Registon» ansambli oldidagi katta maydonda kamondan o‘q otish bo‘yicha VI xalqaro «Fotih kubogi» musobaqasiga bag‘ishlangan tadbir tashkil etildi.

Tadbirda so‘zga chiqqan Milliy olimpiya qo‘mitasi Prezidenti Umid Ahmadjonov yurtimizda sportni rivojlantirish bo‘yicha davlatimiz rahbari tomonidan katta ishlar amalga oshirilayotgani, qilinayotgan keng ko‘lamdagi islohotlar yosh avlod vakillarining jismonan va ma’nan yetuk insonlar bo‘lib voyaga yetishida muhim rol o‘ynashi, bu islohotlar butun Respublika sportini qamrab olgani haqida gapirdi.

Shundan so‘ng Turkiyaning O‘zbekistondagi favqulotda va muxtor elchisi Ahmad Bashar Shen, Samarqand viloyati hokimi Turobjon Jo‘rayev, Butunjahon etnosport konfederasiyasi rahbari, Kamonchilar fondi vasiylik kengashi raisi Bilol Erdoganlar so‘zga chiqishdi.

Tadbir yakunida tomonlar esdalik uchun sovg‘a almashdilar. O‘z o‘rnida Umid Ahmadjonov Milliy olimpiya qo‘mitasi nomidan delegasiyaning har bir a’zosiga alohida esdalik sovg‘alarini taqdim etdi.

Mehmonlar esa Umid Ahmadjonov, Shoakram Isroilov va Turobjon Jo‘rayevga Turk kamonchilari sertifikatini topshirishdi. Tadbir yakuniga yetgach, mehmonlar Samarqand shahrining yuragi hisoblangan «Registon» ansamblidagi «Mirzo Ulug‘bek», «Tillaqori» va «Sherdor» madrasalari kabi tarixiy obidalarni tomosha qilishdi. Ushbu ekskursiya martabali mehmonlarda katta taassurot qoldirdi.

Manba: www.olympic.uz
Kiritildi: 21:19, 23.05.2018.
O'qildi: 3827 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.