Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/04 00:00 Vest Xem 4-0 Vulverhempton
11/04 00:00 Real Madrid 1-1 Jirona
11/04 16:30 Arsenal 1-2 Bornmut
11/04 17:00 Real Sosyedad 3-3 Alaves
11/04 18:00 Kalyari 1-0 Cremonese
11/04 18:00 Torino 2-1 Verona
11/04 19:00 Brentford 2-2 Everton
11/04 19:00 Byornli 0-2 Brayton
11/04 19:15 Elche 1-0 Valensiya
11/04 21:00 Milan 0-3 Udineze
11/04 21:30 Liverpul 2-0 Fulhem
11/04 21:30 Barselona 4-1 Espanyol
11/04 23:45 Atalanta 0-1 Yuventus
12/04 00:00 Sevilya 2-1 Atletiko
12/04 15:30 Jenoa - Sassuolo
12/04 16:00 Navbahor - Surxon
12/04 17:00 Dinamo - Lokomotiv
12/04 17:00 Osasuna - Betis
12/04 18:00 Parma - Napoli
12/04 18:00 Kristal Pelas - Nyukasl
12/04 18:00 Nottingem Forest - Aston Villa
12/04 18:00 Sanderlend - Tottenhem
12/04 18:15 Andijon - OKMK
12/04 19:15 Malyorka - Rayo Valyekano
12/04 20:30 Chelsi - Manchester Siti
12/04 21:00 Bolonya - Lechche
12/04 21:30 Selta - Real Ovyedo
12/04 23:45 Komo - Inter
13/04 00:00 Atletik Bilbao - Vilyarreal
13/04 18:00 Nasaf - Buxoro
13/04 19:00 Paxtakor - Mash’al
13/04 20:15 Qizilqum - So‘g‘diyona
13/04 23:45 Fiorentina - Lasio
14/04 00:00 Man. Yunayted - Lids
14/04 00:00 Levante - Xetafe

«Yangi Neymar» loyihasi (fotogalereya)

«Yangi Neymar» loyihasi (fotogalereya)

Baho:
+ | -

Braziliya futbol nuqtai nazaridan chin iste’dodlar makoni - bu isbot talab qilmaydigan tushuncha.

Karnavallariyu, quyoshli plyajlari bilan ham tanilgan mamlakat futbolida har yili yangi-yangi tug‘ma iqtidorlarning katta sahnaga chiqib, «Yangi Pele» yoxud «Yangi Ronaldo», «Yangi Ronaldinyo» kabi maqomlarni olishlari allaqachon tabiiy holga aylanib ulgurgan.

Oxirgi yillarda esa to‘p bilan muomala bobida yaqqol ko‘zga tashlanadiganlarni «Yangi Neymar» qabilida ta’riflashmoqda. Aytish joiz, bundaylar ko‘p...

RODRIGU («Santos»)

17 yoshli yigitcha «Santos»ning boshlang‘ich tarkibidan mustahkam joy olishga ulgurdi va asosiysi, o‘z harakatlari bilan muxlislarni hayrat ko‘chasiga yetaklamoqda.

E’tibor qarating, yosh hujumchining shartnomasida belgilangan tovon puli miqdori naq 50 million yevroga teng. Yana bir diqqatga sazovor tomoni, bundan 6 yil oldin sport kiyimlarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan mashhur kompaniyalardan biri 11 yoshli Rodriguning to‘p bilan ishlash mahoratiga tan berib, homiylik shartnomasi tuzgandi.

Naq 5 yilga! Aynan shu firma vaqtida Neymarni qanoti ostiga olib, adashmagandi. Farqi shuki, Braziliya futbolining bugungi bosh yulduzi o‘shanda 13 yoshda edi.

Ta’rif. Rodrigu atletik jihatdan o‘ta chaqqon, tezkor va o‘ta kuchli zarbaga ega. U «Santos»ning barcha yosh toifasidagi jamoalarida to‘p-urar bo‘lgan.

Fakt. Klub yosh hujumchi bilan ilk professional shartnoma tuzish chog‘i unga darhol 6 ming yevro miqdorida maosh belgiladi. Vaholanki, «Santos» odatda 16 yoshli futbolchiga 1000 yevrodan ko‘p maosh bermaydi.

Davi NOGEYRA («Santos»)

«Santos»ning yana bir umidli loyihasi - bu 9 yoshli Davi. U aynan shu yil sport kiyim-kechaklari yo‘nalishidagi firma bilan shaxsiy shartnoma tuzib, bu borada Neymardan ham, Rodrigudan ham o‘zib ketdi.

Davi avvaliga futzal bilan shug‘ullandi, endi esa katta futbolni mahv etish harakatini boshladi. Natijalari chakki emas - o‘rtacha hisobda aytganda, 1ta o‘yinda 1tadan ko‘p gol urmoqda.

Ta’rif. Nogeyra yetakchilik qobiliyatidan ham bebahra qolmagan. Deylik, hozirda o‘z yoshi toifasidagi jamoani maydonga sardor sifatida boshlab tushmoqda.

Fakt. Braziliya qonunchiligiga ko‘ra, klublarning 14 yoshdan kichik futbolchilar bilan rasman shartnoma tuzishi taqiqlanadi. Shuningdek, ularga maosh berish ham mumkin emas.

Lekin o‘smirlarga stipendiya belgilash yoki kunlik, haftalik xarajat uchun ma’lum miqdorda pul ajratish mumkin. Qisqasi, «Santos» Nogeyrani stipendiya shaklida rag‘batlantirib turibdi. E’tiborlisi, uning miqdori ayrimlar maoshinikidan ham ko‘p.

Estevao VILLIAN («Kruzeyro»)

10 yoshli Villian - «Kruzeyro»ning bosh yulduzchasi. U ham Nogeyra va Rodrigu kabi sport firmasi bilan shaxsiy shartnomaga ega. Qizig‘i, Estevao yaqinda ham o‘ziga munosib jamoa qidirayotgandi.

Yakunda ota-otasi yigitchani «Kruzeyro» ixtiyoriga berishni ma’qul ko‘rishdi. Chunki bu klub chin iste’dod uchun maxsus dastur tayyorladi, unda hammasi inobatga olingan - ovqatlanish tartibi, ruhiy va jismoniy tayyorgarlik, hattoki, uxlash me’yori ham.

Ta’rif. Villian hozir o‘zidan 3 yosh katta bolalar jamoasida to‘p surayotgan bo‘lsada, ular orasida yaqqol ajralib turibdi. Demakki, u voqealar rivojidan 3 yil oldinda. Qolaversa, Estevaoni maktabning futzal klubiga ham chorlashmoqda.

Fakt. «Kruzeyro» muxlislari bolakayning iqtidoriga shu qadar mahliyo bo‘lishdiki, ijtimoiy tarmoqlarda katta aksiyaga qo‘l urib, klubdan u bilan tezroq shartnoma tuzishni talab qilishmoqda.

Gabriel VIKTOR (klubsiz)

DAVOMI

InterFutbol.uz ning Telegram dagi sahifasiga ulaning – eng so‘nggi yangiliklar, qiziqarli bloglar va tahliliy materiallar endi bir to‘plamda.

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 20:53, 24.05.2018.
O'qildi: 16751 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик