Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted 1-0 Nyukasl
27/12 16:30 Parma - Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest - Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche - Komo
27/12 19:00 Torino - Kalyari
27/12 20:00 Arsenal - Brayton
27/12 20:00 Brentford - Bornmut
27/12 20:00 Byornli - Everton
27/12 20:00 Liverpul - Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem - Fulhem
27/12 22:00 Udineze - Lasio
27/12 22:30 Chelsi - Aston Villa
28/12 00:45 Piza - Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo

La liga bo‘lim boshlig‘i Raul Oxeda: “O‘zbekistonda futbol rivojiga o‘z hissamizni qo‘shishga tayyormiz”

La liga bo‘lim boshlig‘i Raul Oxeda: “O‘zbekistonda futbol rivojiga o‘z hissamizni qo‘shishga tayyormiz”

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Intervyular

O‘zbekiston futbol assosiasiyasi va Ispaniya milliy chempionati La liga o‘rtasida o‘zaro hamkorlik memorandumi imzolangani haqida avval xabar berib o‘tgandik.

Ana shu kelishuvga asosan La liganing “Osiyo davlatlari bilan aloqalar” bo‘limi boshlig‘i Xais Raxmani va “Musobaqalar va turnirlar tashkil qilish” bo‘limi boshlig‘i Raul Oxedalar yurtimizga tashrif buyurishdi hamda Milliy olimpiya qo‘mitasi prezidenti, O‘FA birinchi vise-prezidenti Umid Ahmadjonov bilan uchrashishdi.

Tashrif davomida ispaniyalik mutaxassislar O‘FA, PFL hamda Superliga klublari xodimlari uchun seminarlar tashkil etishdi. Shuningdek, “Bunyodkor” stadionida bo‘lib, bu yerda yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishishdi. Klub infratuzilmasini ko‘zdan kechirib, faxriy mehmonlar uchun mo‘ljallangan kitobga o‘z fikrlarini yozib qoldirishdi.

Bugun La liganing “Musobaqalar va turnirlar tashkil qilish” bo‘limi boshlig‘i Raul Oxeda UZREPORT TV telekanali uchun intervyu berib, O‘zbekistonga tashrifdan mo‘ljallangan maqsadi va rejalari haqida gapirib o‘tdi.

“Shu yilning yanvar oyida Umid Ahmadjonovning Madridga tashrifi davomida Ispaniya futbol federasiyasi va O‘zbekiston futbol assosiasiyasi o‘rtasidagi hamkorlikning dastlabki qadamlari qo‘yilgan edi. O‘shanda erishilgan kelishuvga ko‘ra bugungi kunda biz yurtingizda bo‘lib turibmiz.

Bu yerda O‘zbekiston futbol assosiasiyasi rahbariyati tomonidan amalga oshirilayotgan islohotlar bilan yaqindan tanishdik. Yurtingizda futbol sohasida juda katta o‘zgarishlar bo‘layotganiga guvoh bo‘ldik. Bizning maqsadimiz O‘zbekistonda futbol rivojiga o‘z hissamizni qo‘shish. La liga boy tajribaga ega tashkilot. Musobaqalar o‘tkazish, muxlislarni stadionlarga jalb qilish, teletranslyasiyalar uyushtirish, homiylar bilan kelishuvga erishish, marketing kabi masalalarda o‘zimizning tajribamizni O‘zbekistondagi mutaxassislar o‘rtoqlashish maqsadidamiz.

Kecha O‘zbekiston futbol assosiasiyasida Professional futbol ligasi va Superliga klublari xodimlari uchun seminar tashkil etdik. Seminar ancha qiziqarli va fikr-mulohazalarga boy tarzda o‘tdi. O‘ylaymanki, qatnashchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga yetarlicha javob olishdi.

Biz hamkorlikni uzoq muddatga mo‘ljallagan holda amalga oshirmoqchimiz. O‘zbekiston mamlakatda futbolni yanada rivojlantirish va yangi bosqichga olib chiqishda Ispaniyadan andoza olmoqchi ekan, bu yo‘lda biz qo‘limizdan kelgan barcha yordamni berishga tayyormiz.

Biz O‘FA birinchi vise-prezidenti Umid Ahmadjonov bilan suhbat davomida ularni yana Ispaniyaga taklif etdik. Shu yilning sentyabr oyida Umid Ahmadjonov Ispaniyaga tashrif buyurib, o‘zaro hamkorlikning keyingi bosqichini boshlamoqchimiz. Hamkorligimiz uzoq vaqt davom etadigan degan umiddaman”, - deydi Raul Oxeda.

Manba: www.the-uff.com
Kiritildi: 16:32, 26.05.2018.
O'qildi: 2918 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.