Kirish Ro'yxatdan o'tish

Vlaxovichning bitta savoli «Yuventus» rahbariyatini g‘azablantirdi

Vlaxovichning bitta savoli «Yuventus» rahbariyatini g‘azablantirdi

Baho:
+ | -

Hujumchi Dushan Vlaxovich yangi shartnoma bo‘yicha muzokaralar muvaffaqiyatsiz yakunlanganidan so‘ng «Yuventus»ni tark etishga juda yaqin turibdi.

Tuttosport nashrining xabar berishicha, kelishmovchiliklarning asosiy sabablaridan biri serbiyalik forvardning moliyaviy talablari bo‘lgan. Ma’lum qilinishicha, muzokaralar paytida futbolchi nima uchun jamoadoshi Jonatan Devid bilan bir xil miqdorda maosh olishi kerakligi bilan qiziqqan va bu savol Turin klubi rahbariyatining qattiq noroziligiga (g‘azabiga) sabab bo‘lgan.

Qayd etilishicha, «Yuventus» Vlaxovichga yiliga bonuslardan tashqari taxminan 6 million yevro maosh ko‘zda tutilgan shartnoma taklif qilgan, futbolchining o‘zi esa bir mavsum uchun 8 million yevro olmoqchi bo‘lgan.

Bundan oldinroq klub direktori Jorjo Kyellini tomonlar hamkorlikni uzaytirish borasida kelisha omaganini tasdiqlagan edi. Serbiyalik hujumchi shu yozdayoq klubni tark etadi.

Kiritildi: 19:57, 04.06.2026.
O'qildi: 1261 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик