Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/06 07:00 Janubiy Koreya 2-1 Chexiya
12/06 23:59 Kanada 1-1 Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh 4-1 Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya
14/06 03:00 Braziliya - Marokash
14/06 06:00 Gaiti - Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya - Turkiya
14/06 22:00 Germaniya - Kyurasao

Saloh 2 haftada safga qaytadi va Jahon Chempionatida ishtirok etadi

Saloh 2 haftada safga qaytadi va Jahon Chempionatida ishtirok etadi

Baho:
+ | -

Yevropa Chempionlar Ligasining finalida «Real»ga qarshi kechgan o‘yinning 31-daqiqasida elkasidagi jarohat saba maydonni tark etgan «Liverpul» hujumchisi Muhammad Saloh Jahon Chempionatiga bora oladi.

Avvalroq Salohning jarohati jiddiyligi va shu boisdan Rossiyadagi mundialni o‘tkazib yuborishi haqida xabarlar berilgandi​.

Misr Sport vaziri Xolid Abdulaziz Facebook’dagi rasmiy sahifasida Salohning jarohatdan tiklanishi uchun 2 hafta kerak bo‘lishini ma’lum qildi.

Ta’kidlanishicha, Salohga o‘ng yelkasidagi bo‘g‘imlarda shikastlanish tashxisi qo‘yilgan. Ayni damda Saloh shifoxonada, u bu yerda davolanishning birinchi bosqichini o‘tkazadi, 2 haftadan so‘ng terma jamoaga qo‘shiladi. Vazirning so‘zlariga ko‘ra hujumchi bilan ro‘y bergan holat terma jamoaning Jahon Chempionati uchun bergan yakuniy tarkibiga ta’sir ko‘rsatmaydi.

Ma’lumot uchun Misr terma jamoasi Rossiyada o‘tadigan Jahon Chempionatining  A guruhida mezbon Rossiya termasi, shuningdek, Urugvay va Saudiya Arabistoni terma jamoalariga qarshi bahs olib boradi.

Manba: www.daryo.uz
Kiritildi: 12:42, 27.05.2018.
O'qildi: 6393 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик