Kirish Ro'yxatdan o'tish
09/05 00:00 Levante 3-2 Osasuna
09/05 16:30 Liverpul 1-1 Chelsi
09/05 17:00 Elche 1-1 Alaves
09/05 18:00 Kalyari 0-2 Udineze
09/05 19:00 Fulhem 0-1 Bornmut
09/05 19:00 Brayton 3-0 Vulverhempton
09/05 19:00 Sanderlend 0-0 Man. Yunayted
09/05 19:15 Sevilya 2-1 Espanyol
09/05 21:00 Lasio 0-3 Inter
09/05 21:30 Manchester Siti 3-0 Brentford
09/05 21:30 Atletiko 0-1 Selta
09/05 23:45 Lechche 0-1 Yuventus
10/05 00:00 Real Sosyedad 2-2 Betis
10/05 15:30 Verona - Komo
10/05 17:00 Malyorka - Vilyarreal
10/05 18:00 Byornli - Aston Villa
10/05 18:00 Nottingem Forest - Nyukasl
10/05 18:00 Kristal Pelas - Everton
10/05 18:00 Cremonese - Piza
10/05 18:00 Fiorentina - Jenoa
10/05 19:15 Atletik Bilbao - Valensiya
10/05 20:30 Vest Xem - Arsenal
10/05 21:00 Parma - Roma
10/05 21:30 Real Ovyedo - Xetafe
10/05 23:45 Milan - Atalanta
11/05 00:00 Barselona - Real Madrid
11/05 23:45 Napoli - Bolonya
12/05 00:00 Tottenhem - Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano - Jirona

Andrey Shipilov: «Futbolchilar o‘zlaridagi bosimni yenga olishdi»

Andrey Shipilov: «Futbolchilar o‘zlaridagi bosimni yenga olishdi»

Baho:
+ | -

“Metallurg” jamoasi ustozi Andrey Shipilov “Lokomotiv”ga qarshi uchrashuvdan so‘ng jurnalistlarning qiziqtirgan savollariga javob qaytardi.

Andrey Shipilov, “Metallurg” PFK bosh murabbiyi: - O‘in juda og‘ir bo‘ldi. “Lokomotiv” juda kuchli va tajribali o‘yinchilarni jamlagan jamoa. Bunday raqibga qarshi butun o‘yin davomida kuchli bosim ostida harakat qilmasang muvaffaqiyatga erishishing qiyin. O‘zinglar ko‘rdingiz, bizda vaziyatlar yetarli bo‘ldi, ammo ularning ko‘pidan foydalana olmadik. Menga birinchi bo‘limga qaraganda ikkinchi taymdagi o‘yinimiz ko‘proq yoqdi. Ikkinchi taymda futbolchilar o‘zlaridagi bosimni yenga olishdi va ko‘rsatmalarni aniq, to‘g‘ri bajarishdi. Xursandman, o‘yinimizdan ham, qayd etilgan natijadan ham. Birinchi davrada, safarda qayd etgan natijamiz tasodifiy emasligini isbotladik.

Endi futbolchilarga qisqa muddatli ta’til beramiz. Boisi taqvimdagi o‘zgarish bois keyingi o‘yinimizga qadar vaqt yetarli. Shu oyning oxirgi sanasida to‘planib, boshqa grand jamoalarimizga qarshi o‘yinlarga tayyorgarlikni boshlab yuboramiz, deydi Andrey Sergeevich.

“Metallurg” tarkibida uchrashuvning eng yaxshi o‘yinchisi deb qayd etilgan Zohid Abdullayevning fikrlarini ham bilishga qiziqdik.

-  Bugun o‘yin juda og‘ir kechdi, o‘zingiz ko‘rdingiz. Bizda bosim bor edi. Ketma ket ikkita uchrashuvni yutqazgandik. Bolalarning barchasiga katta rahmat. G‘alaba uchun borlarini berganligi uchun. Nima deyish mumkin, bugun eng yaxshi o‘yinlarimizdan birini namoyish etdik. Men uchun muhimi tug‘ilgan kunimda gol kiritish emas, jamoamizning yutug‘idir. Barcha ishqibozlarimizni yutuq bilan tabriylayman va ularga qo‘llab quvvatlayotganliklari uchun minnatdorchilik bildiraman, deydi Zohid Abdullayev.

Kiritildi: 12:51, 27.05.2018.
O'qildi: 4543 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик