Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/02 00:45 Verona 0-0 Piza
07/02 01:00 Lids 3-1 Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta 1-2 Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya - Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona
08/02 00:45 Fiorentina - Torino
08/02 01:00 Real Sosyedad - Elche
08/02 16:30 Bolonya - Parma
08/02 18:00 Alaves - Xetafe
08/02 19:00 Lechche - Udineze
08/02 19:00 Brayton - Kristal Pelas
08/02 20:15 Atletik Bilbao - Levante
08/02 21:30 Liverpul - Manchester Siti
08/02 22:00 Sassuolo - Inter
08/02 22:30 Atletiko - Betis

Xalq jamoasi qayerda?

Xalq jamoasi qayerda?

Baho:
+1 | -1

Hozirgi kunda ichki chempionatimiz islohotlardan so‘ng ancha qiziqarliroq bo‘lib qolgan edi. Tomoshaboplik borasida televizor atrofida ham ancha-muncha muxlislarni yig‘a olyapti. Viloyatlarda esa har o‘yinda tumonat odam. Hatto Toshkentning “Bunyodkor” jamoasi ham o‘z muxlislarini stadionga qaytarishga muvaffaq bo‘la oldi. Lekin xalqimizning kimsan «Paxtakor»dek bayroqdor jamoasi bu borada biroz oqsayapti.

Futbolimiz olamida «Paxtakor»ga nisbatan qandaydir noroziliklar uyg‘otib ketgan shaxslar tufayli mamlakatimizning bosh jamoasi hozir deyarli muxlissiz qoldi. To‘g‘ri, fan-klub a’zolari muxlislar bilan ishlashda ancha katta hajmdagi ishlarni amalga oshirmoqda. Lekin, ammo, biroq... Hatto ismini ham tilga olishni xohlamaydigan insonlar kasriga oltin tarixga ega jamoamiz el nazaridan qoldi. Avvallari «Paxtakor»ning viloyat jamoalari bilan mehmondagi o‘yinlarida stadiondagi anshlagni bir eslang! Hatto bir muxlisning o‘yindan so‘ng Leonid Koshelevga gul uzatganini o‘z ko‘zim bilan ko‘rganman. Qizig‘-a, nimalar o‘zgarib ketmadiya.

Hozirda ijtimoiy tarmoqlarda ham «Paxtakor»ga nisbatan qandaydir yoqimsiz fikrlar hamon uchrab turibdi. To‘g‘ri, jamoa rulini Arveladze qo‘lga olgach, sherlar biroz o‘zlarini o‘nglab olishdi. Lekin avvalgi «Paxtakor» hech bo‘lmasa Tajmurod Agamurodovning «Paxtakor»i darajasiga chiqishiga ham xali ancha bordek go‘yo, yana bilmadim! Ichki chempionatimizda «Bunyodkor» paydo bo‘lgach «Paxtakor»ning bir necha o‘yinchilari «Bunyodkor»ga o‘tib ketishdi. O‘sha paytlari esingizda bo‘lsa Toshkent derbilari juda murosasiz kechardi. Lekin qizig‘i shundaki, aksariyat muxlislar «Paxtakor»ga muxlislik qilishardi... Bu jamoalarning ohirgi o‘yinlarida shuni kuzatyapman. Deyarli 70% muxlislar endilikda «Bunyodkor»ga muxlislik qilishmoqda!

Lekin shuni ta’kidlash joizki, «Paxtakor» hozirda biroz o‘zini o‘nglab olmoqda. Ulardan faqat va faqat to‘xtamasdan ishlash talab etiladi. Halol g‘alabalar ketidan asta-sekinlik bilan avvalgi shon-shuhrat va muxlislar mehri ham qaytishi muqarrar!

Yahyoxo‘ja ULUG‘XO‘JAYEV

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 20:29, 29.05.2018.
O'qildi: 7593 marta.
Fikrlar: 23 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.