Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/01 00:45 Inter 1-0 Lechche
15/01 22:30 Verona 2-3 Bolonya
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya - Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam - BAA
17/01 00:45 Piza - Atalanta
17/01 01:00 Espanyol - Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal

Osiyo chempionatida muvaffaqiyatli ishtirok etgan taekvondochilarimiz yurtimizga qaytib kelishdi

Osiyo chempionatida muvaffaqiyatli ishtirok etgan taekvondochilarimiz yurtimizga qaytib kelishdi

Baho:
+ | -

Xabaringiz bor, Vyetnamning Xoshimin shahrida taekvondo WTF bo‘yicha Osiyo chempionati yakuniga yetdi. Ushbu qit’a birinchiligida o‘zbekistonlik sportchilar ham ishtirok etib, umumjamoa hisobida uchinchi o‘rinni egallagandilar.

Bugun, 29 may kuni musobaqada ishtirok etgan bir qator sportchilarimiz poytaxtimizga yetib kelishdi. Ularni Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida Milliy olimpiya qo‘mitasi mutasaddilari, O‘zbekiston taekvondo WTF assosiasiyasi rahbarlari, sportchilarning yaqinlari, muxlislar va ommaviy axborot vositalari xodimlari kutib olishdi.

Yurtimizga Osiyo chempionati sovrindorlarining uch nafari – Niyoz Po‘latov, Madina Mannopova va Sardor Toirovlar qaytib kelishdi. Terma jamoamizning qolgan yetakchi sportchilari esa 1-3 iyun kunlari bo‘lib o‘tadigan Gran-Pri turnirida ishtirok etish uchun Italiyaga jo‘nab ketishgan.

«Kattalar o‘rtasidagi Osiyo chempionatidan qaytib keldik. Ushbu musobaqada bronza medalini qo‘lga kiritdim. Bahslarda hindistonlik va xitoylik raqibini mag‘lubiyatga uchratdim. Final yo‘llanmasi uchun kechgan jangda esa vyetnamlik sportchiga kichik hisobda yutqazib qo‘ydim. Keyingi musobaqalarda endi oltin medalni qo‘lga kiritishga harakat qilaman. Ushbu yutuqni qo‘lga kiritishimda murabbiylarimning hissasi katta. Buning uchun ularga minnatdorchilik bildiraman», – dedi musobaqaning bronza medali sovridori Madina Mannopova.

Eslatib o‘tamiz, Osiyo chempionatida sovrindor bo‘lgan o‘zbekistonlik taekvondochilar ro‘yxati quyidagicha ko‘rinish olgan:

Oltin:
-74kg: Nikita Rafalovich
-67kg: Nigora Tursunqulova

Kumush:
-87kg: Jasur Boyqo‘ziyev

Bronza:
-80kg: Maksim Rafalovich
-63kg: Sardor Toirov
-46kg: Madina Mannopova
-58kg: Niyoz Pulatov
-87kg: Dmitriy Shokin.

Manba: www.olympic.uz
Kiritildi: 11:24, 30.05.2018.
O'qildi: 2125 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.