Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/05 00:00 Nissa 1-0 Gavr
11/05 00:00 Brest 1-1 Reyms
11/05 00:00 Alaves 2-2 Jirona
11/05 16:30 Fulhem 0-4 Manchester Siti
11/05 17:00 Malyorka 1-0 Las-Palmas
11/05 19:00 Olimpik 1-2 Paxtakor
11/05 19:00 Metallurg 0-0 Qizilqum
11/05 19:00 Vulverhempton 1-3 Kristal Pelas
11/05 19:00 Bornmut 1-2 Brentford
11/05 19:00 Everton 1-0 Sheffild Yunayted
11/05 19:00 Nyukasl 1-1 Brayton
11/05 19:00 Tottenhem 2-1 Byornli
11/05 19:00 Vest Xem 3-1 Luton
11/05 19:15 Vilyarreal 3-2 Sevilya
11/05 21:00 Napoli 0-2 Bolonya
11/05 21:30 Nottingem Forest 2-3 Chelsi
11/05 21:30 Granada 0-4 Real Madrid
11/05 23:45 Milan 5-1 Kalyari
12/05 00:00 Atletik Bilbao 2-2 Osasuna
12/05 15:30 Lasio 2-0 Empoli
12/05 17:00 Kadis 1-0 Xetafe
12/05 18:00 Jenoa - Sassuolo
12/05 18:00 Verona 1-2 Torino
12/05 19:15 Atletiko - Selta
12/05 20:30 Man. Yunayted - Arsenal
12/05 21:00 Yuventus - Salernitana
12/05 21:30 Valensiya - Rayo Valyekano
12/05 23:45 Atalanta - Roma
13/05 00:00 Strasbur - Mets
13/05 00:00 Klermon - Lion
13/05 00:00 Nant - Lill
13/05 00:00 Monpelye - Monako
13/05 00:00 PSJ - Tuluza
13/05 00:00 Renn - Lans
13/05 00:00 Marsel - Loryan
13/05 00:00 Betis - Almeriya
13/05 21:30 Lechche - Udineze
13/05 23:45 Fiorentina - Monsa
14/05 00:00 Aston Villa - Liverpul
14/05 00:00 Barselona - Real Sosyedad

Infantinoning maxfiy uchrashuvi yoxud UYEFA yangi nufuzli turnir tashkil qilmoqchi

Infantinoning maxfiy uchrashuvi yoxud UYEFA yangi nufuzli turnir tashkil qilmoqchi

Baho:
+ | -

O‘tgan hafta Janni Infantino Yevropaning yettita grand klubi vakillarini to‘plab, norasmiy uchrashuv o‘tkazdi.

Ayni payt Xalqaro futbol federasiyasi (FIFA)ga rahbarlik qilayotgan shveysariyalik mutasaddidan «Manchester Yunayted», «Manchester Siti», «Barselona», «Real», «Yuventus», «PSJ» hamda «Bavariya» klublariga taklif kelib tushgan, deya xabar berdi The New York Times.

Bu jamoalar o‘tgan yili 4 milliard dollardan ortiq daromad ko‘rishgandi. Qolaversa, mazkur klublarning muxlislar auditoriyasi ancha keng.

Ushbu «ettilik» orqali Infantinoning asosiy g‘oyasi - Project Trophy loyihasini amalga oshirish osonlashadi.

YANGI TURNIR

Amerika nashrining xabar beriishcha, FIFA rahbarining «kuchli yettilik» bilan uchrashuvi u Yevropa futbol assosiasiyalari ittifoqi (UYEFA) prezidenti Aleksander Cheferindan maktub olgan kunining ertasiga bo‘lib o‘tgan.

Cheferin klublar o‘rtasidagi jahon chempionati (o‘zgartirilgan formatdagi) huquqini Yaponiya banklaridan biri - SoftBank boshchiligidagi konsorsiumga topshirish maqsadga muvofiq emasligini ta’kidlagan. Ushbu bank nazorati ostida yirik investisiya fondi bo‘lib, uni Saudiya Arabistoni va BAA ham qo‘llab-quvvatlaydi.

Turli manbalarda qayd etilishicha, turnirdan tushgan daromadning 25-35 foizi konfederasiyalarga tegsa, qolgan pullarni 24ta klub o‘zaro bo‘lishib olishadi (ya’ni har bir ishtirokchi 2-3 milliondan olishi mumkin).

G‘olib jamoa qo‘shimchasiga 65-70 million dollarga ega bo‘ladi. Solishtirish uchun: so‘nggi marta BAAda o‘tkazilgan klublar o‘rtasidagi JCH FIFAga atigi 37 million dollar keltirgandi.

Ma’lum bo‘lishicha, joriy yil Infantino moliyaviy jihatdan mukammal loyiha haqida xabar berib, FIFA uning ortidan 25 milliard dollargacha daromad topishi mumkinligini aytgan.

Buning uchun tashkilot termalar (dunyo ligasi) hamda klublar (24 ishtirokchidan iborat jahon chempionati) uchun yangi turnir tashkil etib, investorlarga ushbu musobaqalar huquqining yarmini berishi talab etiladi.

Mazkur holatda shveysariyalik mutasaddi maxfiylik bo‘yicha kelishuvga tayanib, barcha detallarni oshkor qilmagan. FIFA gap aynan yapon banki haqida ketayotganini rasman tasdiqlamadi. Shuningdek, bankning o‘zi ham hozircha sukut saqlamoqda.

Klublar o‘rtasidagi jahon chempionatini har yil emas, balki to‘rt yilda bir marta (Konfederasiyalar kubogining o‘rniga) o‘tkazishni rejalashtirishmoqda.

Taxminlarga ko‘ra, qit’alararo taqsimot quyidagicha ko‘rinish oladi: Yevropa - 12 jamoa, Janubiy Amerika - 4,5, Afrika, Osiyo, Shimoliy va Markaziy Amerika - 2tadan, Okeaniya - 0,5, mezbon davlat - 1. Qatnashchilar 8ta guruhga bo‘linib, guruh g‘oliblari chorak finalda o‘zaro bahslashishlari mumkin.

KO‘JCH: G‘OYA VA STRUKTURA

Keling, mazkur musobaqani o‘tkazish tizimiga yanada batafsilroq to‘xtalamiz. Tan olaylik, turnirning hozirgi formati hattoki, mutasaddilarni ham zeriktirib yubordi. Har yili Yevropa grandi Osiyo, Afrika va Janubiy Amerikadan kelgan raqiblarini yengib, kubokni olib ketadi - hech qanday intriga yo‘q. Aftidan, shu jihat FIFAni ko‘proq o‘ylantirib qo‘ygan: boshqa qit’a vakillarining kuchi yetmayaptimi, demak, Yevropa jozibasini ko‘paytirish lozim.

Format

* Chempionatda 24ta jamoa qatnashadi, ulardan 12tasi Yevropadan bo‘ladi;

* Ishtirokchilar 3tadan 8ta guruhga bo‘linadi;

* Guruhda g‘olib chiqqan jamoalar chorak finalga, qolganlar esa uyga yo‘l olishadi;

* «Pley-off»da qo‘shimcha bo‘limlar belgilanmay, darhol penaltilar seriyasiga murojaat etiladi;

* Har bir jamoa kamida ikkita o‘yin o‘tkazadi. Finalchilar jami 5tadan uchrashuvda maydonga tushishadi;

Sana va mezbon

* Turnir debyuti - 2021 yilga belgilanib, keyingisi 2025 va shu tarzda davom etaveradi. Hozircha musobaqa o‘tkaziladigan joy aniqlanmagan, katta ehtimol bilan unga Xitoy mezbonlik qiladi. Kelgusida o‘yinlar AQSH va Saudiya Arabistonida o‘tkazilishi mumkin;

* Turnir 18 kun mobaynida davom etadi. Uning dastlabkisi taxminan 10-28 iyul oralig‘ida o‘tkaziladi.

Ishtirokchilar strukturasi

* UEFA (Evropa) - 12ta klub;

* CONMEBOL (Janubiy Amerika) - 4ta kluba. Yana bitta jamoa Okeaniya vakili bilan «o‘tish o‘yini»da bellashadi;

* CAF (Afrika) - 2ta klub;

* AFC (Osiyo) - 2ta klub;

* CONCACAF (SHimoliy Amerika) - 2ta klub;

* OFC (Okeaniya) - 1ta klub yagona yo‘llanma uchun Janubiy Amerika vakili bilan «o‘tish o‘yini»da bellashadi;

* Mezbon - 1ta klub.

Tashkilotchilar loyihani amalga oshirishga jiddiy kirishishgan. Buni FIFA bilan kelishuvga erishgan klublar ro‘yxati ham ko‘rsatib turibdi.

* Gazzetta dello Sport nashrining xabar berishicha, yangi formatdagi dastlabki turnirda «Barselona», «Real Madrid», «Yuventus», «Inter», «Milan», «Manchester Yunayted», «Liverpul», «PSJ», «Bavariya» hamda «Ayaks» klublari qatnashishga tayyor ekanliklarini bildirishgan;

* Qolgan 2ta o‘rinni «Atletiko», «Manchester Siti», «Chelsi», «Borussiya» Dortmund, «Portu» va «Benfika» kabi jamoalardan ikkitasi egallashi mumkin;

* Janubiy Amerikadan kelishi kutilayotgan klublarning nomi ham tayin: «River Pleyt», «Boka Xuniors», «Santos», «Flamengo», «Penyarol» va «Nasyonal».

Ikkinchi musobaqadan boshlab ishtirokchilarni saralash tizimi yanada mukammal holga keladi, deya xabar berdi Sport nashri. 2025 yili Yevropadan faqatgina YECHLning so‘nggi to‘rt yillikdagi g‘olib va finalchilari hamda eng yaxshi koeffisiyentga ega yana 4ta klub (ECHL orqali qo‘shilgan 8 jamoadan tashqari) qatnashadi.

MAQSAD

Ko‘rinib turibdiki, loyiha tijoriy ahamiyat kasb etib, asosan, daromad ko‘rish ko‘zda tutilmoqda. Hattoki, investorlarga huquqlarning 49 foizi topshirilsada, FIFA yirik mablag‘ga ega bo‘ladi. Boshqa tomondan, mazkur turnir UYEFA Chempionlar Ligasiga jiddiy raqobat tug‘diradi.

MUNOSABAT

Marca nashrining xabar berishicha, Ispaniya top-klublarining loyihadan ko‘ngillari to‘lgan, chunki yangi turnirdagi ishtirok orqali daromad orttirish, brend dovrug‘ini yanada kengroq yoyish imkoni tug‘iladi. Angliya grandlari ham aynan shu sababdan g‘oyani ma’qullashdi.

Ammo FIFA kengashi berilgan savollarga tayinli javob olmagani sababli tashkilot rahbarini qo‘llab-quvvatlamayapti. Qarshi chiqqanlar tarafida UYEFA ham bor. Nyondagilarni loyiha atrofidagi maxfiylik tashvishga solmoqda.

Boshqa tomondan, ikkita yangi turnir qanday oqibatlarga olib kelishi xavotiri ham yo‘q emas - xususan, ular xalqaro taqvim va futbolchilar jismoniy holatiga qanday ta’sir o‘tkazishi nazarda tutilmoqda.

Cheferin mazkur jarayon jahon futbolini tamomila tijoriy loyihaga aylantirayotganini ta’kidlab, UYEFAni bunday holat qoniqtirmasligini qo‘shimcha qildi.

- Bizni detallar bilan tanishtirishmayotgani juda g‘alati, - dedi UYEFA prezidenti Kicker nashriga bergan intervyusida. - FIFA rahbari maxfiylik kelishuvini ro‘kach qilishdan nariga o‘tmayapti. Ammo u bunday kelishuvni shaxsan imzolashga haqli emas.

FIFA kengashi ham voqealar rivojidan boxabar bo‘lishi lozim. Infantinoning klublar bilan uchrashuvi esa yana bir tushunarsiz holatni yuzaga keltirmoqda. Unga nisbatan muhimroq hisoblangan jamoalar vakillari taklif etilgan. Aslida esa, Yevropada «ettilik» emas, balki klublar assosiasiyasi bor.

Deylik, UYEFA butun «Ko‘hna qit’a» futboli kelajagi muhokamasiga bor-yo‘g‘i yetti federasiya yoki klubni taklif etishini tasavvur qila olasizmi?! Bizda Millatlar ligasi tashkil etish g‘oyasi tug‘ilganda, birinchi navbatda, u bilan FIFA prezidentini tanishtirib, so‘ngra milliy federasiyalar va klublarga murojaat etgandik.

Ayni paytda esa aniq sabab va tushuntirishlardan xoli loyiha haqida so‘z bormoqda. Bizga g‘alati taklif va kimningdir ko‘p pul taklif etgani haqida gapirishmoqda. Shu, xolos.

UYEFAni APL ham qo‘llab-quvvatlamoqda. Angliya premyer-ligasi vakillari FIFAning klublar o‘rtasidagi turnirlar bilan shug‘ullanishi noto‘g‘ri ekanini ta’kidlashgan.

Shuningdek, Infantinoning g‘oyasiga qarshi chiqqanlar orasida futbolchilar kasaba uyushmalari xalqaro federasiyasi ham bor. Ushbu tashkilot ham yangi turnirlarning taqvim va o‘yinchilar sog‘lig‘iga qanday ta’sir o‘tkazishidan xavotirda.

Umuman, mavjud muammolar Janni Infantinoni zarracha cho‘chitmayapti. U zarur barcha kelishuvlarni jahon chempionati boshlanguniga qadar amalga oshirmoqchi.

The Times bergan xabarlarga ko‘ra, Infantino shu munosabat bilan tez orada - 1 iyun sanasida FIFAda tezkor yig‘ilish o‘tkazishni rejalashtirmoqda.

InterFutbol.uz ning Telegram dagi sahifasiga ulaning – eng so‘nggi yangiliklar, qiziqarli bloglar va tahliliy materiallar endi bir to‘plamda.

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 17:32, 30.05.2018.
O'qildi: 10113 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.