"PSJ" klubi va Braziliya terma jamoasi hujumchisi Neymar faoliyatiga oid qarorlarni faqat uning o‘zi chiqarishini aytdi.
"Otam faoliyatimga doir qarorlarni chaqarmaydi. Hammasini o‘zim hal qilaman.
U eng yaxshi maslahatchi, unga har doim murojaaat qilaman, ammo oxirgi so‘zni o‘zim aytaman.
Otam diqqatimni faqat futbolga qaratishim uchun futbol bilan parallel kechuvchi boshqa muhim masalalarni hal qiladi", - deydi Neymar.













