Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted 1-0 Nyukasl
27/12 16:30 Parma - Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest - Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche - Komo
27/12 19:00 Torino - Kalyari
27/12 20:00 Arsenal - Brayton
27/12 20:00 Brentford - Bornmut
27/12 20:00 Byornli - Everton
27/12 20:00 Liverpul - Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem - Fulhem
27/12 22:00 Udineze - Lasio
27/12 22:30 Chelsi - Aston Villa
28/12 00:45 Piza - Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo

Umid Ahmadjonov Qoraqalpog‘istondagi Olimpiya va milliy sport turlari bo‘yicha Oliy mahorat sport maktabini borib ko‘rdi

Umid Ahmadjonov Qoraqalpog‘istondagi Olimpiya va milliy sport turlari bo‘yicha Oliy mahorat sport maktabini borib ko‘rdi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT

Kecha Umid Ahmadjonov boshchiligidagi delegasiya sport festivalida ishtirok etish uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasiga tashrif buyurgani haqida ma’lum qilgandik.

MOQ rahbari ushbu tashrif doirasida Nukus shahrida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan bunyod etilgan Olimpiya va milliy sport turlari bo‘yicha Oliy mahorat sport maktabini ham borib ko‘rdi va u yerdagi sharoitlarni ko‘zdan kechirdi.

Yodingizda bo‘lsa, yurtboshimiz o‘tgan yilning 15-16 dekabr kunlari ushbu maktabga tashrif buyurib, u yerdagi faoliyat bilan yaqindan tanishgandi. Aynan shu yerdagi uchrashuv davomida davlatimiz rahbari og‘ir atletikachimiz Rustam Djangabayev, qilichboz qizimiz Zaynab Dayibekovalarga sovg‘alarni taqdim qilgandi. Bugun esa Umid Ahmadjonov maktabdagi sharoitlarni ko‘zdan kechirdi, ushbu maskan rahbarlari bilan suhbatda bo‘ldi.

Sir emaski, Qoraqalpog‘iston Respublikasi o‘zbek sporti uchun ko‘plab iqtidorli sportchilarni tarbiyalab bergan. Bu maktab ham kelajakda ushbu an’anani davom ettirib, yangi nomlarni kashf etishga o‘z hissasini qo‘shishi lozim, degan fikrni ilgari surdi MOQ rahbari. Umid Ahmadjonov bu yo‘lda Milliy olimpiya qo‘mitasi tomonidan barcha shart-sharoitlar yaratib berilishini, har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga tayyor ekanligini ma’lum qildi.

Manba: www.olympic.uz
Kiritildi: 11:38, 01.06.2018.
O'qildi: 2562 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.