Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/04 00:00 Vest Xem 4-0 Vulverhempton
11/04 00:00 Real Madrid 1-1 Jirona
11/04 16:30 Arsenal 1-2 Bornmut
11/04 17:00 Real Sosyedad 3-3 Alaves
11/04 18:00 Kalyari 1-0 Cremonese
11/04 18:00 Torino 2-1 Verona
11/04 19:00 Brentford 2-2 Everton
11/04 19:00 Byornli 0-2 Brayton
11/04 19:15 Elche 1-0 Valensiya
11/04 21:00 Milan 0-3 Udineze
11/04 21:30 Liverpul 2-0 Fulhem
11/04 21:30 Barselona 4-1 Espanyol
11/04 23:45 Atalanta 0-1 Yuventus
12/04 00:00 Sevilya 2-1 Atletiko
12/04 15:30 Jenoa 2-1 Sassuolo
12/04 16:00 Navbahor 2-0 Surxon
12/04 17:00 Dinamo 1-2 Lokomotiv
12/04 17:00 Osasuna 1-1 Betis
12/04 18:00 Parma 1-1 Napoli
12/04 18:00 Kristal Pelas 2-1 Nyukasl
12/04 18:00 Nottingem Forest 1-1 Aston Villa
12/04 18:00 Sanderlend 1-0 Tottenhem
12/04 18:15 Andijon 1-2 OKMK
12/04 19:15 Malyorka 3-0 Rayo Valyekano
12/04 20:30 Chelsi 0-3 Manchester Siti
12/04 21:00 Bolonya 2-0 Lechche
12/04 21:30 Selta - Real Ovyedo
12/04 23:45 Komo - Inter
13/04 00:00 Atletik Bilbao - Vilyarreal
13/04 18:00 Nasaf - Buxoro
13/04 19:00 Paxtakor - Mash’al
13/04 20:15 Qizilqum - So‘g‘diyona
13/04 23:45 Fiorentina - Lasio
14/04 00:00 Man. Yunayted - Lids
14/04 00:00 Levante - Xetafe

Kun muhokamasi: “Real”ni kim boshqarishi mumkin?

Kun muhokamasi: “Real”ni kim boshqarishi mumkin?

Baho:
+ | -

Zinedin Zidan sensasion ravishda “Real Madrid” boshqaruvidan ketishini ma’lum qilganidan keyin hamma yoppasiga “Real”ni endi kim boshqarishi haqida qizg‘in muhokama qilishni boshlab yubordi.

“Santyago Bernabeu”dagi ikki yarim yillik mazmunli faoliyatidan keyin fransiyalik mutaxassis barchasiga nuqta qo‘yishni afzal ko‘rdi. Unga ko‘ra, madridliklar yangi ishlash uslubi va marralarni ko‘zlashi kerak. 98-yilgi Jahon chempioni bu bilan La Ligani qo‘ldan boy berganini nazarda tutdi.

Endi “Real”da yangi davr boshlanishi aniq. Ammo qaysi murabbiy Yevropa chempionlarini boshqarishi mumkin? Quyida bir necha variantlar bilan tanishishingiz mumkin.

Orzu: Maurisio Pochettino

Florentino Peres Pochettinoni anchadan buyon ko‘z ostiga olib qo‘ygan. U argentinalik mutaxassis “Espanyol” bilan Pep Gvardiolani tanobini tortib qo‘ygan vaqtidan beri Madridga olib kelishga harakat qiladi. Keyin Pochettino “Tottenxem”ga ko‘chib o‘tdi va yanada buyukroq murabbiyga aylandi. U ushbu mavsumda hatto “Real”ning o‘zini Chempionlar Ligasi guruh bosqichida qoldirib ketgandi. Ammo Pochettinoning jamoasi negizini yoshlar tashkil qiladi.

“Real”da esa klub o‘zagini 20 va 30 lik dovonni bosib o‘tganlar to‘ldiradi. Demak, katta o‘zgarishlar qilinishi aniq. Pochettino Lyorente, Sebalyos, Teo Ernandes va Marko Asensiolarni boshqarish uchun munosib nomzodlardan biri hisoblanadi.

Pochettinoning imkoniyatlarini “Barselona”ni “o‘lguday yomon ko‘rishi” ham oshirib yuborishi mumkin. Faqat yagona muammo shundaki, u yaqindagina “taqachilar” bilan amaldagi shartnomasini 2023-yilgacha uzaytirgan edi. Madridliklar shu sababli yirik mablag‘ning bahridan o‘tishiga to‘g‘ri keladi. Shu sababli bu nomzodning kelishi hozircha orzu bo‘lib qolmoqda.

Haqiqatga yaqin: Antonio Konte

Konte ishdan bo‘shashi sababli hozircha eng maqbul nomzod. “Chelsi” futbolchilari ushbu mavsumda o‘z murabbiyini uyaltirib qo‘yishdi. Uning ajoyib taktik ishlanmalari tufayli uning jamoalari doimo foydali uslubda o‘yin ko‘rsatadi. Bunda uning hujumchilari o‘z qobiliyatlarini maksimal tarzda ishlatadi va bu bilan himoyadagi bo‘shliqlarni to‘ldirib ketishadi.

Konte “Real”ga munosib nomzod bo‘lishi mumkin. U Krishtianu Ronaldu atrofida o‘z o‘yinini qurib, portugaliyalik futbolchining “Santyago Bernabeu”dagi davrini yanada uzaytirib berishi mumkin.

Konte shu bilan birga yosh iqtidorlar bilan ishlashda benazir emas, ammo bu Florentino Peresni ham ...

Davomi

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 04:57, 02.06.2018.
O'qildi: 11509 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик