Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo 0-0 Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona
07/12 00:45 Verona - Atalanta
07/12 01:00 Atletik Bilbao - Atletiko
07/12 16:30 Cremonese - Lechche
07/12 18:00 Elche - Jirona
07/12 19:00 Brayton - Vest Xem
07/12 19:00 Kalyari - Roma
07/12 20:15 Valensiya - Sevilya
07/12 21:30 Fulhem - Kristal Pelas
07/12 22:00 Lasio - Bolonya
07/12 22:30 Espanyol - Rayo Valyekano

Venger «Arsenal»da ish boshlaganida APLning hozirgi murabbiylari nima bilan band edi (fotogalereya)

Venger «Arsenal»da ish boshlaganida APLning hozirgi murabbiylari nima bilan band edi (fotogalereya)

Baho:
+ | -

Arsen Venger «Arsenal» boshqaruvini qo‘lga olgan 1996 yili APL klublarining hozirgi bosh murabbiylari nima bilan mashg‘ul edilar?

Qiziqarli savol, to‘g‘rimi? Axir oradan salkam chorak asr o‘tdi. «Arsenal» fransiyalik futbol professori qo‘l ostida yangi asrning birinchi 10 yilligida juda omadli o‘ynadi - milliy chempionatda 3 bora taxtga ko‘tarildi, Angliya kubogi va superkubogini 4 martadan qo‘lga kiritdi, qolaversa, UYEFA kubogi hamda YECHL finallariga chiqdi.

Eng asosiysi, «kanonirlar» o‘ta nafis futbol ko‘rsatishgandiki, ularga befarq qarash ilojsiz edi. Biroq oxirgi yillarda vaziyat o‘zgarib, Vengerga e’tirozlar ko‘paydi... Xullas, 22 yillik rishta uzildi.

Fransuz mutaxassisining APLda nechog‘li yorqin iz qoldirganini bitta fakt misolida yaqqol ko‘rish mumkin - u yakunlangan mavsum milliy chempionatlar oliy divizionida ishlagan mutaxassislar orasida jamoasi bilan 20-asrda hamkorlik qila boshlagan yevropalik yagona murabbiy bo‘ldi!

Qiziq, Venger va «Arsenal» o‘zaro bog‘langan vaqt APL jamoalarining hozirgi bosh murabbiylari (mavsum-2017|2018da ishlaganlar) qayerda va nima bilan mashg‘ul edilar?

Quyidagi suratli maqola turnir jadvalining yakuniy holati bo‘yicha yozilgan. Ya’ni hammasi eng pastki pog‘onalarni band etgan jamoalar bosh murabbiylaridan boshlangan.

Darren MUR («Vest Bromvich»)

1996 yilgi holati: «Donkaster Rovers» futbolchisi, 22 yosh

Venger «Arsenal» boshqaruvini qo‘lga olgan vaqt Mur 4-divizion ishtirokchisi «Donkaster Rovers»da o‘ynardi. Umuman, kattalar futbolida ilk qadamlarini tashlagan Yamayka vakili mehnatkash va ishonchli markaziy himoyachidek taassurot uyg‘ota boshlagandi.

Pol LAMBERT («Stok Siti»)

1996 yilgi holati: «Borussiya» D. futbolchisi, 27 yosh

Pol atigi bir mavsum (1996|1997) Shotlandiyadan tashqarida o‘ynagan. Muhimi, u o‘shanda CHL finalida Karl-Xayns Ridle urgan golga hammualliflik qilib, «shalpangquloq» kubokni Qo‘shma Qirollik tashqarisidagi jamoa safida boshi uzra baland ko‘targan birinchi britaniyalik bo‘lgandi.

Karlush KARVALYAL («Suonsi»)

1996 yilgi holati: «Eshpinyu» futbolchisi, 30 yosh

Portugaliyalik Karvalyal futbolchilik faoliyatining yakuniy qismida kamtarin «Eshpinyu» safiga qo‘shilib, klub sharafini 4 yil himoya qilgandi. E’tiborlisi, Karlush butsalarini mixga ilganidan keyin darhol «Eshpinyu» bosh murabbiyi vakolatini qo‘lga olgan.

Mark XYUZ («Sautgempton»)

1996 yilgi holati: «Chelsi» futbolchisi, 32 yosh

«MYU» tarbiyalanuvchisi sanalgan Mark 1996 yili kuzda «aristokratlar» safidagi ikkinchi mavsumini boshlagandi. 1999 yilga kelib, hali faoliyati davom etayotgan futbolchini Uels termasi boshqaruviga taklif etishadi!

Devid VAGNER («Xaddersfild»)

1996 yilgi holati: «Shalke» futbolchisi, 24 yosh

«Mayns»da 4 yil o‘ynab, 19ta gol urgan Devid 23 yoshida Gelzenkirxen jamoasi bilan shartnoma tuzgandi. Biroq «Shalke»da aytarli karomat ko‘rsatolmaydi - 2 yilda atigi 2ta gol. To‘g‘ri, Vagner mavsum-1996|1997da UYEFA kubogi sohibiga aylangan edi.

Kris XYUTON («Brayton»)

1996 yilgi holati: «Tottenxem» (U-21) bosh murabbiyi, 37 yosh

O‘yinchilik faoliyatiga 1993 yili nuqta qo‘ygan Xyuton darhol «shporlar» tizimida murabbiy sifatida ish boshlagandi. Avvaliga U-21 toifasidagi o‘rinbosarlar tarkibini boshqargan Kris «Arsenal» - Venger ittifoqi tuzilganidan 1 yil o‘tibgina asosiy jamoa murabbiylari shtabidan o‘rin oladi.

Xavyer GRASIYA («Uotford»)

1996 yilgi holati: «Real Sosyedad» futbolchisi, 26 yosh

Xavyer 1996 yili San-Sebastyan jamoasi safida ikkinchi mavsumini o‘tkazgan. U qisqa vaqtda ishonchli va abjir tayanch yarim himoyachisi sifatida gavdalanib, «Real Sosyedad» yetakchilari qatoriga qo‘shilgandi.

Grasiya 1999 yili «Vilyarreal»ga o‘tishga qadar San-sebastyanliklar libosida 100tadan ortiq o‘yinda qatnashganini ham aytish o‘rinli.

Devid MOYES («Vest Xem»)

DAVOMI

InterFutbol.uz ning Telegram dagi sahifasiga ulaning – eng so‘nggi yangiliklar, qiziqarli bloglar va tahliliy materiallar endi bir to‘plamda.

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 11:04, 02.06.2018.
O'qildi: 17986 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.