"Manchester Siti"ning sobbiq yarimhimoyachisi Yahyo Ture jamoa bosh murabbiyi Xosep Gvardiolani keskin tanqid qildi
"Pep ustun bo‘lishni sevadi va unga bo‘ysunadigan va qo‘lini o‘padigan o‘yinchilarga ega bo‘lishni istaydi. Men o‘z murabbiyimni hurmat qilaman ammo uning buyumi emasman.
Boshqa o‘yinchilar singari murabbiylar bilan tortishganman, ammo bir-birini tushunmagan odamlar ham murosaga keladilar. Pep bilan bu mumkin emas, u o‘ta qattiqqo‘l.
Pep Manchesterga kelgan zahoti men unga yoshlarni tarbiyalashim uchun kerakligimni aytdi. Boshqa variantlarim bo‘lsa ham, klub afsonalari orasidan joy olishni o‘yladim. O‘tgan yozda Gvardiola mendan qolishimni so‘raganda ham shunday bo‘lgan edi.
Men ketgandan so‘ng u kiyinish xonasidagi boshqaruvni yo‘qotishdan qo‘rqqandir, chunki men o‘yinchilar orasida qandayligimni bilar edi. Transfer oynasi yopilgach, meni jamoadan chetlatishdi.
Men mendan qasos olishni istagan odam bilan birga ishladim, deb o‘ylayman. Buning nima uchun ekanligini bilmayman. Menda shunday taassurot uyg‘ondiki, u menga xuddi hasad qilardi, meni raqib deb bilar edi.
Bir birimizga g‘alati munosabatda edik. U menga hech narsa demasdan, kuzatgancha, baho bergancha, atrofimda aylanar edi. U mening katalan, ispan va ingliz tilida gaplasha olishimni bilsa ham. Bu narsalar ikkimizning suhbatimiz uchun yetarli bo‘lishi kerak edi... Ammo, qayoqda?
Doim duch kelganimizda u xijolat tortar edi. Xuddi men uni uyatchan qilib qo‘yganday.
Gvardiola mag‘rur inson sifatida boshqalar emas, faqat o‘zi tanlagan o‘yinchilar bilan muvaffaqqiyat qozonishni istar edi. Bu uning loyhasi edi. Bu loyihaga tegishli bo‘lmaganlarning ahvoli voy.
Gvardiola haqidagi afsonalarni chippakka chiqarmoqchiman. U "Barselona"ni tuzmagan. U Kroyf qurgan jamoaga molasha oldi, xolos. Keyin "Bavariya" va "Siti", faqat talabchanlik bilan: u o‘zi tanlagan o‘yinchilar va behisob mablag‘lar evaziga. Bu narsa "Kristal Pelas" yoki "Uotford"da ish bermaydi.
Men uchun Zidan zo‘rroq, chunki unda talablar kam, u hamma o‘yinchilarga katta hurmat bilan yondoshadi. Pep o‘zini daho deb bilishlarini istaydi, bu unga yoqadi, ammo buning ortida komediya yotadi. U obraz to‘qiydi. Men uning butun o‘yin davomida boshini qashiganini ko‘rib, o‘zini fikrlayotganday ko‘rsatishga urinishlariga qarab kulgum qistaydi. Bu komediya
Pep ikkiyuzlamachi edi, meni maqtar, ammo men bunga yo‘l qo‘yib berar edim. Ammo boshimni yuqori ko‘tarib, ortiqcha marosimlarsiz ketishni istardim.
Menga shunday tuyulyaptiki, Pep behurmatlarcha mening jamoadagi oxirgi mavsumimni buzish uchun hamma narsa qilgan. Bu jamoada 8 yilimni o‘tkazganimni o‘ylasam, xafa bo‘lib ketaman.
Pep mening ajoyib muxlislarga ega jamoam bilan xayrlashuvimni o‘g‘irlagan. Men ham xuddi Inyesta va Buffon kabi hissiyotlar bilan ketmoqchi edim. Ammo Pep bunga halaqit berdi.
Eng yomoni -o‘zim sevgan jamoadan ketayotganimdan baxtiyor edim. Muxlislar bilan xayrlashayotib yig‘ladim, chunki bu marabbiyni boshqa ko‘rgim kelmayotgan edi", - deydi Ture.
Ture o‘tgan mavsumda APLda faqat 10ta o‘yinda ishtirok etdi.