Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/02 00:45 Verona 0-0 Piza
07/02 01:00 Lids 3-1 Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta 1-2 Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya 5-5 Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted 2-0 Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut 1-1 Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal 3-0 Sanderlend
07/02 20:00 Byornli 0-2 Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem 1-2 Everton
07/02 20:00 Vulverhempton 1-3 Chelsi
07/02 20:15 Barselona 3-0 Malyorka
07/02 22:00 Jenoa 2-3 Napoli
07/02 22:30 Nyukasl 2-3 Brentford
08/02 00:45 Fiorentina 2-2 Torino
08/02 01:00 Real Sosyedad 3-1 Elche
08/02 16:30 Bolonya - Parma
08/02 18:00 Alaves - Xetafe
08/02 19:00 Lechche - Udineze
08/02 19:00 Brayton - Kristal Pelas
08/02 20:15 Sevilya - Jirona
08/02 20:15 Atletik Bilbao - Levante
08/02 21:30 Liverpul - Manchester Siti
08/02 22:00 Sassuolo - Inter
08/02 22:30 Atletiko - Betis
09/02 00:45 Yuventus - Lasio
09/02 01:00 Valensiya - Real Madrid
09/02 22:30 Atalanta - Cremonese

Superliga. Dastlabki iste’fo va tayinlanuv amalga oshdi

Superliga. Dastlabki iste’fo va tayinlanuv amalga oshdi

Baho:
+ | -

AGMK futbol klubi murabbiylar shtabida o‘zgarish amalga oshirildi. Bir yarim mavsum davomida jamoani boshqarib kelgan Viktor KUmkiov jamoa rahbariyatiga murojaat etib, amaldagi shartnomani bekor qilishni so‘radi. O‘zaro kelishuvga ko‘ra bugundan boshlab Kumikov va jamoa o‘rtasidagi mehnat shartnomasi bekor qilindi.

Shuningdek, o‘z arizasiga binoan katta murabbiy Oleg Korniyenko, murabbiy Roman Uzdenov, jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha murabbiy Marat Axmerov va shifokor Mahsudjon Nazarov bilan ham amaldagi shartnomalari bekor qilindi.

Ma’lumot o‘rnida, Viktor Kumikov 2017 yilgi mavsum boshida jamoani qabul qilib olgandi. U o‘tgan davr mobaynida jamoamizni milliy chempionatda 43 o‘yinda maydonga boshlab tushdi. Bu uchrashuvlarda AGMK 15 g‘alaba, 12 durang va 16 mag‘lubiyat qayd etdi. To‘plar nisbati 42:48. Shuningdek, olmaliqlik O‘zbekiston kubogi bahslarida o‘tgan yil 3 o‘yin o‘tkazib, bir g‘alaba va ikki durang qayd etgan bo‘lsa, bu yilgi kubok bahslarida ikki g‘alaba bilan bosh sovrin yo‘lida ishtirokini davom ettirmoqda.

Kecha kunning ikkinchi yarmida AGMK istiqomat qilayotgan "O‘zbekiston" mehmonxonasida jamoa a’zolari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. AGMK futbol klubi bosh direktori Ibrohim Yuldashev jamoada yuzaga kelgan o‘zgarishlar borasida so‘z yuritib, joriy mavsumda jamoani qolgan vaqt mobaynida kim boshqarib borishiga oydinlik kiritdi. Jamoa rahbariyati AGMKni mavsum yakuniga qadar taniqli murabbiy Baxtiyor Ashurmatov boshqarishini lozim topganligi e’lon qilindi. Baxtiyor A’zamovich shu kunga qadar "Buxoro" futbol klubi murabbiylar shtabida faoliyat olib borayotgandi.

Jamoa rahbariyati jamoa oldiga qo‘yilgan vazifa o‘zgarmaganligini ta’kidlab o‘tdi. Shu bilan bir qatorda yangi murabbiyga Olmaliqdagi faoliyati omadli bo‘lishiga tilak bildirildi.

O‘z navbatida Baxtiyor A’zamovich ham so‘z olib, bildirilgan ishonch uchun o‘z minnatdorchiligini bildirdi. Mas’uliyatli yo‘lda, jamoa oldiga qo‘yilgan vazifani ado etish borasida jiddiy ish olib borishini aytib o‘tdi.

Ashurmatovdan tashqari bunga qadar AGMK yoshlar jamoasida faoliyat olib borgan A’zam Sherg‘oziyev ham asosiy tarkibga o‘tkazildi.

Yaqin kunlarda jamoada yuzaga kelgan boshqa bo‘sh o‘rinlarga ham munosib nomzodlar saralab olinadi.

Manba: fc-olmaliq.uz
Kiritildi: 10:41, 05.06.2018.
O'qildi: 7490 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.