Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/04 00:00 Brayton - Chelsi
22/04 00:30 Real Madrid - Alaves
22/04 00:30 Jirona - Betis
22/04 18:00 Surxon 2-1 Mash’al
22/04 20:15 Buxoro 0-1 Paxtakor
22/04 22:00 Elche - Atletiko
22/04 23:00 Real Sosyedad - Xetafe
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor - So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf - Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo - OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm - Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum - Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor - Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid

Tartib-intizom Qo‘mitasi qarorlari

Tartib-intizom Qo‘mitasi qarorlari

Baho:
+ | -

Tartib-intizom Qo‘mitasining navbatdagi yig‘ilishi o‘tkazildi. 

 Superliga

 “Qo‘qon-1912” – “Qizilqum” uchrashuvida tajovuzkor hatti-harakatlar amalga oshirgani uchun maydondan chetlatilgan “Qizilqum” klubi futbolchisi E. Boydullayev 1ta uchrashuvga diskvalifikasiya qilindi va unga 3 million so‘m miqdorida jarima belgilandi. 

  

PRO-Liga

 “Mash’al” – “Sho‘rtan” uchrashuvida tajovuzkor hatti-harakatlar amalga oshirgani uchun maydondan chetlatilgan “Mash’al” klubi futbolchisi V. Shodiyev 3ta uchrashuvga diskvalifikasiya qilindi va unga yarim million so‘m miqdorida jarima belgilandi. 

  

“Sherdor” – “Lokomotiv-BFK” uchrashuvida o‘yin qoidasini qo‘pol ravishda buzgani uchun maydondan chetlatilgan “Lokomotiv-BFK” jamoasi futbolchisi S. Ismoilov 3ta uchrashuvga diskvalifikasiya qilindi va unga yarim million so‘m miqdorida jarima belgilandi. 

 

“Iftixor” – “Labsa” uchrashuvida tajovuzkor hatti-harakatlar amalga oshirgani uchun maydondan chetlatilgan “Labsa” klubi futbolchisi J. Shodmonov 3ta uchrashuvga diskvalifikasiya qilindi va unga yarim million so‘m miqdorida jarima belgilandi.

 

“Iftixor” – “Labsa” uchrashuvi vaqtida bosh hakam yordamchisi sha’niga nomaqul so‘zlar ishlatgani uchun chetlatilgan “Labsa” jamoasi bosh direktori SH. Jo‘rayev 2ta uchrashuvga diskvalifikasiya qilindi va unga 5 million so‘m miqdorida jarima belgilandi. Agar ushbu holat yana takrorlanadigan bo‘lsa, SH. Jo‘rayevga nisbatan yanada qattiqroq jazo choralari ko‘rilishi belgilab qo‘yildi. 

 

“Iftixor” – “Labsa” uchrashuvi vaqtida hakamlar sha’niga nomaqul so‘zlar ishlatgani uchun chetlatilgan “Labsa” klubi yoshlar jamoasi murabbiyi S. Toshev 3ta uchrashuvga diskvalifikasiya qilindi va unga 5 million so‘m miqdorida jarima belgilandi.  Agar ushbu holat yana takrorlanadigan bo‘lsa, S. Toshevga nisbatan yanada qattiqroq jazo choralari ko‘rilishi belgilab qo‘yildi. 

 

Futzal

“Qo‘qon-1912” – “Navbahor” uchrashuvi yakunlangach raqib jamoa darvozabonini nomaqul so‘zlar bilan haqorat qilgan “Navbahor” jamoasi a’zosi I. Jo‘rayev 3ta uchrashuvga diskvalifikasiya qilindi va unga 1 million so‘m miqdorida jarima belgilandi.

 

“Qo‘qon-1912” – “Navbahor” uchrashuvida raqib jamoa o‘yinchisi I. Jo‘rayevning yuziga tarsaki tushirgan “Qo‘qon-1912” jamoasi a’zosi A. Ziyayev 3ta uchrashuvga diskvalifikasiya qilindi va unga 1 million so‘m miqdorida jarima belgilandi. 

 

Ayollar futboli 

“Paxtakor” – “Buxoro” uchrashuvida tajovuzkor hatti-harakatlar amalga oshirgani uchun maydondan chetlatilgan “Paxtakor” klubi futbolchisi M.  Vohidova 2ta uchrashuvga diskvalifikasiya qilindi.  

Manba: pfl.uz
Kiritildi: 21:05, 05.06.2018.
O'qildi: 2838 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик