Kirish Ro'yxatdan o'tish

O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi XVIII Osiyo o‘yinlari oldidan videorolik taqdim etdi

O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi XVIII Osiyo o‘yinlari oldidan videorolik taqdim etdi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT

Bizni oldinda Jakartadagi Osiyo o‘yinlari kutib turibdi. Ushbu nufuzli musobaqaga tayyorgarlik jarayonida nafaqat jismoniy, balki ruxiy tayyorgarlik ham muhim ahamiyat kasb etadi. Ayni paytda o‘yinlarda ishtirok etadigan sportchilarimiz uchun yetarli shart-sharoitlar yaratib berilgan, ular har tomonlama qo‘llab-quvvatlanmoqda. Shunday ekan, sportchilarimiz musobaqa davomida ortida 32 millionlik o‘zbek xalqi turganini, har bir chiqishlarini millionlab o‘zbekistonlik muxlislar umid, ishonch, hayajon bilan kuzatib borishlarini his qilib turishlari lozim.

Ana shu maqsadda Milliy olimpiya qo‘mitasi tomonidan sportchilarimiz kuchiga kuch, g‘ayratiga g‘ayrat qo‘shuvchi, yangidan yangi g‘alabalar sari chorlovchi, motivasiya bag‘ishlovchi ajoyib viderolik tayyorlandi. Unda o‘zbekistonlik sportchilarning Olimpiya va Osiyo o‘yinlaridagi muvaffaqiyatlari aks etgan. Ushbu videomahsulot qalbingizning tub-tubiga borib yetishiga ishonamiz. Tomosha qiling va zavqlaning!

Manba: www.olympic.uz
Kiritildi: 16:56, 06.06.2018.
O'qildi: 3997 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.