Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/04 16:30 Brentford - Fulhem
18/04 18:00 Udineze - Parma
18/04 18:00 Neftchi 2-1 Nasaf
18/04 19:00 Lids - Vulverhempton
18/04 19:00 Nyukasl - Bornmut
18/04 19:00 Mash’al 0-1 Xorazm
18/04 20:15 Paxtakor 4-2 Dinamo
18/04 21:00 Napoli - Lasio
18/04 21:30 Tottenhem - Brayton
18/04 23:45 Roma - Atalanta
19/04 00:00 Chelsi - Man. Yunayted
19/04 15:30 Cremonese - Torino
19/04 16:00 So‘g‘diyona - Bunyodkor
19/04 18:00 Verona - Milan
19/04 18:00 Everton - Liverpul
19/04 18:00 Aston Villa - Sanderlend
19/04 18:00 Nottingem Forest - Byornli
19/04 18:15 Qo‘qon-1912 - Andijon
19/04 20:30 Manchester Siti - Arsenal
19/04 21:00 Piza - Jenoa
19/04 23:45 Yuventus - Bolonya
20/04 14:18 Herta 2-0 Ayntraxt Braunshveyg
20/04 14:18 Volfsburg 2-2 Frayburg
20/04 14:18 Mayns 2-0 Nyurnberg
20/04 14:18 Bavariya 5-2 Verder
20/04 14:18 Hoffenhaym 0-0 Ayntraxt F
20/04 14:21 Bayer 2-2 Borussiya D
20/04 23:45 Lechche - Fiorentina
21/04 00:00 Kristal Pelas - Vest Xem

Umid Ahmadjonov yaponiyalik malakali sport shifokorlarini O‘zbekistonga olib keladi

Umid Ahmadjonov yaponiyalik malakali sport shifokorlarini O‘zbekistonga olib keladi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT

Xabar berib o‘tganimizdek, O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi Prezidenti Umid Ahmadjonov ayni paytda Yaponiyada bo‘lib turibdi. MOQ rahbarining kunchiqar yurtga tashrifi samarali davom etmoqda. Bugun u 2020 yilgi Tokio Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlarini o‘tkazish bo‘yicha tashkiliy qo‘mitasi va mamlakat sport assosiasiyasi vise-prezidenti, Yaponiya Parlamentidagi vakillar Palatasi a’zosi Toshiaki Endo bilan ko‘rishgani haqida xabar berib o‘tgandik.

Kunning ikkinchi yarmida esa Umid Ahmadjonov nafaqat Yaponiya, balki jahonda o‘ziga xos obro‘-e’tiborga ega tibbiyot fanlari doktori, professor, sport tibbiyoti tadqiqot markazi dosenti, Yaponiya sog‘liqni saqlash boshqarmasi sport tibbiyoti kafedrasi mudiri Xiroyuki Ishida bilan uchrashdi. Uchrashuv davomida tomonlar O‘zbekistonda sport tibbiyotini rivojlantirish, malakali mutaxassislar tayyorlash, o‘zaro tajriba almashish masalalarida kelishuvga erishdilar.

Xabaringiz bor, Milliy olimpiya qo‘mitasi huzurida jahon standartlariga to‘liq javob beradigan, zamonaviy tibbiy jihozlar bilan ta’minlangan Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazi ham faoliyat olib boradi. Umid Ahmadjonov yaponiyalik shifokorlarni yurtimizga taklif qildi. Ushbu taklifga javoban Xiroyuki Ishida boshchiligidagi shifokorlar 27 iyul – 2 avgust kunlari poytaxtimizga tashrif buyurib, o‘zbekistonlik hamkasblariga master-klass va seminarlar o‘tkazib berish istagini bildirdilar. Unda yapon mutaxassislari tibbiyot markazi faoliyatini samarali tashkil etish, sportchilarga tibbiy yordam ko‘rsatish, ularni to‘g‘ri ovqatlantirish, o‘z vaqtida kerakli vitaminlar bilan ta’minlash kabi masalalar yuzasidan o‘z tavsiyalarini beradilar.

Ta’kidlab o‘tish lozimki, mamlakatda sport rivoji yo‘lida sport tibbiyoti muhim yo‘nalishlardan biri hisoblanadi. Demak, ushbu kelishuv mamlakat sporti taraqqiyotini yangi bosqichga olib chiqishi shubhasiz.

Manba: www.olympic.uz
Kiritildi: 18:18, 06.06.2018.
O'qildi: 2511 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик