Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina 1-2 Udineze
24/12 00:45 Inter 2-0 Komo

Raqibimiz - Urugvay terma jamoasi bilan batafsil tanishuv

Raqibimiz - Urugvay terma jamoasi bilan batafsil tanishuv

Baho:
+ | -

Futbolimiz tarixida burilish sodir bo‘lmoqda. O‘zbekiston milliy terma jamoasi 15254 km. olisda bo‘lgan Montevideoga safar qilib, jahon futboli grandlaridan biri bo‘lmish Urugvay bilan kuch sinashadi.

Aslida, bu uchrashuv 2014 yilgi JCH saralash siklida bo‘lishi ham mumkin edi. Lekin «hechdan ko‘ra kech yaxshi», deyishgan-ku...

JARda bo‘lib o‘tgan mundialga ketish arafasida taniqli murabbiy Oskar Vashington Tabares: «Ana endi, bu jamoaning jahon chempioni bo‘ladigan vaqt keldi», deganda, ko‘pchilik miyig‘ida kulib qo‘ygandi.

2010 yilgi JCH mundialida egallangan 4-o‘rin jamoa oldiga qo‘yilgan vazifaning bajarilmaganligini anglatadi. Ana shunday kuchli xarakterga ega terma bor dunyoda! Bu - Urugvay termasi!

Qisqacha. Xalqaro arenalarda egallangan sovrinlari bilan bemalol maqtana oladigan Urugvay jamoasi haqida futbol jamoatchiligi 2010 yilgi mundialdan so‘ng yana gapira boshladi.

Aslida bu jamoa butun tarixi davomida xalqaro miqyosda 19ta sovrinni qo‘lga kiritganligi bilan boshqa termalar orasida yaqqol ajralib turadi. Bugun mana shu jamoa aynan nimaning hisobiga hammani o‘ziga qarata olganiga batafsil to‘xtalib o‘tamiz.

Avvalo, shuni aytib o‘tish lozimki, jahon futboli tarixida bir lahzali g‘alabalari bilan nom chiqargan jamoalar ko‘p. Daniya-1992, Bolgariya-1994, Xorvatiya-1998, Gresiya-2004. Urugvay ular orasiga tushib qolmadi. Urugvayliklar 2010 yilgi mundialdan bir yil o‘tmasdan, 15-bor Janubiy Amerika kubogi g‘olibligini qo‘lga kiritishdi.

Aholisi atigi 3,44 mln. kishi bo‘lgan bu kichik mamlakat KONMEBOL federasiyasining eng kichik a’zosi bo‘lsada, jahon futbolida o‘z o‘rniga ega.

Shu paytga qadar Urugvay aholisidan kam bo‘lgan mamlakatlar orasida atigi 6 jamoagina jahon chempionatlarida qatnashgan: Shimoliy Irlandiya (3 marta), Sloveniya (2 marta), Uels, Quvayt, Yamayka, Trinidad va Tobago (1 martadan). Lekin ularning hech biri aytarli yutuqlarga erisha olmagan. 1924 yilda milliy terma jamoa Olimpiya o‘yinlarida g‘oliblikni qo‘lga kiritganida, mamlakat aholisi 2 mln.dan ham ortmasdi. Bu ham o‘ziga xos rekord.

Milliy terma jamoaga oid faktlar:

Laqabi: La Celeste («Moviy osmon»)

Bosh murabbiyi: Oskar Vashington Tabares (2006 yildan buyon)

Terma jamoa sardori: Diyego Godin

Eng ko‘p o‘yin o‘tkazgan o‘yinchi: Maksi Pereyra (124ta)

Eng ko‘p gol urgan futbolchi: Luis Suares (50ta)

Milliy stadioni: «Estadio Sentenario» (60235 tomoshabin sig‘adi)

FIFA reytingidagi o‘rni: 17

Mundiallardagi ishtiroki: 13 marta (2ta chempionlik)

Kopa Amerikadagi ishtiroki: 45 marta (15ta chempionlik)

Ekipirovka: Puma (2006 yildan buyon)

Formasi: havorang-qora, oq-qora. Jamoa hozirgi uy formasidan foydalanayotganiga 108 yil bo‘ldi.

An’analar. Urugvay futbolidagi o‘ziga xos qoidalardan biri shuki, milliy terma jamoasi a’zosi asosiy jamoagacha hech bo‘lmaganda barcha toifadagi terma jamoalardan birida o‘ynagan bo‘lishi shart. To‘g‘ri, bu haqda aniq biror-bir joyda yozilmagan bo‘lsada, uning amaliyotda keng qo‘llanilishi ayni haqiqat.

Luis Suares, Nikolas Lodeyro, Sebastyan Koates fikrimiz isbotidir. Shu o‘rinda eslatib o‘tish lozimki, joriy mundial uchun yakuniy tarkibdan chetda qolgan Nikolas Lodeyroni yurtimizdagi ishqibozlar unutmagan bo‘lsalar kerak. 2009 yili Misrda bo‘lib o‘tgan yoshlar o‘rtasidagi mundialda aynan u terma jamoamizni rosa holdan toydirgandi.

Urugvay futboli - o‘ziga xos uslub va maktab. Bu yerda poytaxt Montevideo miqyosida shunchalik ko‘p iqtidorlar yetishib chiqadiki, butun boshli milliy chempionat deyarli bitta shahar jamoalaridan tashkil topadi. To‘g‘ri, klublar u qadar boy emas, lekin o‘zlari tarbiyalagan futbolchilarni, hatto Argentina va Braziliyaga eksport qiladilar.

«Nasyonal» va «Penyarol» jamolari Janubiy Amerika futbolining kechasi, buguni va ertasi. Bu jamoalar derbilarni o‘tkazadilar, iste’dodlarni tayyorlaydilar va ularni Yevropaga «uchirma» qiladilar. Urugvaylik futbolchilar taktik va texnik jihatdan katta maktab ko‘rishgan, jismonan esa hamma yerga moslasha oladilar.

Terma jamoaning mundial maqsadi yo‘lidagi statistikasiga nazar solsak:

DAVOMI

InterFutbol.uz ning Telegram dagi sahifasiga ulaning – eng so‘nggi yangiliklar, qiziqarli bloglar va tahliliy materiallar endi bir to‘plamda.

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 16:59, 07.06.2018.
O'qildi: 7094 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.