Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted 1-0 Nyukasl
27/12 16:30 Parma 1-0 Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest 1-2 Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche 0-3 Komo
27/12 19:00 Torino 1-2 Kalyari
27/12 20:00 Arsenal 2-1 Brayton
27/12 20:00 Brentford 4-1 Bornmut
27/12 20:00 Byornli 0-0 Everton
27/12 20:00 Liverpul 2-1 Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem 0-1 Fulhem
27/12 22:00 Udineze - Lasio
27/12 22:30 Chelsi - Aston Villa
28/12 00:45 Piza - Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo

Superliga 15-turida «Navbahor» muxlislarga bepul iftorlik yeguliklari tarqatadi

Superliga 15-turida «Navbahor» muxlislarga bepul iftorlik yeguliklari tarqatadi

Baho:
+ | -

Pepsi Superliga 15-turi doirasida Namanganning “Navbahor” klubi o‘z maydonida Qo‘qonning “Qo‘qon-1912” jamoasini qabul qiladi.

Ayni paytda yurtimizda muqaddas Ramazon oyi hukm surmoqda. “Navbahor” PFK rahbariyati tomonidan 13-tur doirasidagi AGMK jamoasiga qarshi kechgan o‘yinda bo‘lgani kabi, bu safar ham muqaddas oy sharofati bilan savobli ish davom ettirilib, “Navbahor” – “Qo‘qon-1912” uchrashuviga tashrif buyuradigan muxlislar uchun bepul iftorlik yeguliklari tarqatiladigan bo‘ldi. Ro‘zadorlar 10 iyun kuni bo‘ladigan bahsining tanaffus paytida “Markaziy” o‘yingoh sektorlarida yaratilgan qulayliklardan foydalanib, bemalol iftorlik qilib olishlari mumkin.

Shuningdek, "Lochinlar"ning ashaddiy muxlislari uchun yanada yengillik yaratish maqsadida, klub rahbariyati tomonidan “Navbahor” atributikalari Ramazon oyida 20 foizlik chegirma bilan sotuvga chiqarildi. Endi jamoaning atributikalarini o‘zingizga qulay narxlarda xarid qilishingiz mumkin.

“Navbahor” PFK rahbariyati mazkur ishlarni ishqibozlarga qulaylik yaratish maqsadida amalga oshirmoqda. Maqsad – jamoa ishtirokidagi har bir uchrashuvni muxlislar uchun bayramona tarzda tashkil etish. Siz – aziz ishqibozlar esa “Navbahor”ni munosib tarzda qo‘llab-quvvatlang!

Eslatib o‘tamiz, “Navbahor” – “Qo‘qon - 1912” uchrashuvi 10 iyun kuni soat 19:02da boshlanadi.

Barcha muxlislarni bo‘lajak uchrashuvga chorlab qolamiz.

“Navbahor” PFK matbuot xizmati.

Manba: pfcnavbahor.uz
Kiritildi: 23:21, 08.06.2018.
O'qildi: 3037 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.