Kirish Ro'yxatdan o'tish
01/02 00:45 Kalyari 4-0 Verona
01/02 01:00 Elche 1-3 Barselona
01/02 01:00 Liverpul 4-1 Nyukasl
01/02 13:00 Yaponiya 2-1 O‘zbekiston
01/02 13:00 Tojikiston 0-1 Avstraliya
01/02 16:30 Torino 1-0 Lechche
01/02 17:00 Eron 5-2 Afg‘oniston
01/02 17:00 Saudiya Arabistoni 6-1 Malayziya
01/02 18:00 Real Madrid 2-1 Rayo Valyekano
01/02 19:00 Komo 0-0 Atalanta
01/02 19:00 Man. Yunayted 3-2 Fulhem
01/02 19:00 Nottingem Forest 1-1 Kristal Pelas
01/02 19:00 Aston Villa 0-1 Brentford
01/02 20:15 Betis 2-1 Valensiya
01/02 21:30 Tottenhem 2-2 Manchester Siti
01/02 22:00 Cremonese 0-2 Inter
01/02 22:30 Xetafe 0-0 Selta
02/02 00:45 Parma 1-4 Yuventus
02/02 01:00 Atletik Bilbao 1-1 Real Sosyedad
03/02 00:45 Udineze - Roma
03/02 01:00 Sanderlend - Byornli
03/02 01:00 Malyorka - Sevilya

Ronaldu o‘tishi mumkin bo‘lgan faqat 2ta jamoa bor

Ronaldu o‘tishi mumkin bo‘lgan faqat 2ta jamoa bor

Baho:
+2 | -

"Real" hujumchisi Krishtianu Ronaldu faoliyatini davom ettirish uchun katta tanlovga ega emas.

"Qirollik klubi" futbolchini 200 million yevroga sotishga tayyor. Ammo portugaliyalik hujumchi 35-40 mln yevro atrofida yillik maosh talab qilayotganini inobatga olsak, uning transferini uncha-muncha jamoa ko‘tara olmaydi. Krishtianu ko‘chib o‘tishi mumkin bo‘lgan 2ta jamoa bor. Ular — "PSJ" va "Manchester Yunayted".

PSJ
Parij shahri klubi moliyaviy feyr-pley qoidasi bo‘yicha UYEFAning qarorini kutmoqda. Hattoki "PSJ" jiddiy jazoga tortilmasa ham, jamoa o‘zining yulduz futbolchilaridan birini sotmasdan turib, Krishtianu bilan shartnoma imzolay olmaydi. Parijliklar o‘zlarining porloq kelajakka ega futbolchisi — Kilian Mbappeni sotishmasa kerak. Jamoa "Real"ga Neymarni berib, ustiga qo‘shimcha pul olishi mumkin. Mana shu variant haqiqatga yaqinroq.

"Manchester Yunayted"
Shuningdek, "Manchester Yunayted" ham Ronalduning transferini amalga oshirishga qodir. Ular portugaliyalik yulduzni sotib olish uchun yetarli mablag‘ga egalar. Boz ustiga, Krishtianuning o‘zi ham sobiq klubiga qaytishga qarshi emas. Bu yerda hamma gap Joze Mourinyoda qolgan. Unga vatandoshi kerakmi? So‘nggi paytlarda futbolchi va murabbiy o‘rtasidagi munosabatlar a’lo darajada deb aytish qiyin.

"Bavariya", "Yuventus", "Manchester Siti"
Nazariy jihatdan "Bavariya", "Yuventus" va "Manchester Siti" klublari ham iqtisodiy jihatdan Ronaldu bilan shartnoma imzolash imkoniyatiga egalar. Ammo ushbu klublarning siyosati Krishtianu xarid qilishga to‘sqinlik qiladi. Myunxenliklar hech qachon narxi 100 million yevrodan baland futbolchilarni sotib olishmaydi. Krishtianu Turinga kelish uchun kamroq oylik maoshga rozi bo‘lishi kerak. Pep Gvardiolaga esa Krishtianu Ronaldu kerak emas.

Boshqa variantlar
Qatar, Yaponiya, Xitoy va MLS – Ronaldu faoliyatini davom ettirishi mumkin bo‘lgan mamlakatlar safida tilga olinishi mumkin. Ammo portugaliyalik futbolchining o‘zi yana bir necha yil Yevropada o‘ynashni istamoqda. Shu orqali u yuqori saviyadagi jamoaviy va individual sovrinlarni qo‘lga kiritishi mumkin.

Manba: football24.ua
Kiritildi: 11:13, 10.06.2018.
O'qildi: 54778 marta.
Fikrlar: 8 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.