Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/05 00:00 Tottenhem 1-1 Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano 1-1 Jirona
12/05 22:00 Selta 2-3 Levante
12/05 23:00 Betis 2-1 Elche
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol - Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal - Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti - Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves - Barselona
14/05 00:30 Xetafe - Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad

Dzyudo. «Milliy olimpiya qo‘mitasi sovrini uchun» musobaqasining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi

Dzyudo. «Milliy olimpiya qo‘mitasi sovrini uchun» musobaqasining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi

Baho:
+ | -

Kecha poytaxtimizda dzyudo bo‘yicha «Milliy olimpiya qo‘mitasi sovrini uchun» Ochiq turniri start oldi.

Taekvondo WTF assosiasiyasiga qarashli «Universal» sport majmuasi mezbonlik qilayotgan turnirda dzyudochilardan tashqari kurash, belbog‘li kurash va sambo kabi yo‘nalishlarda faoliyat olib borayotgan sportchilar ham ishtirok etishmoqda. Musobaqani tashkil qilishdan maqsad yuqorida qayd etilgan sport turlarida kashf etilgan polvonlarni dzyudoga yo‘naltirishdir. Shu orqali Olimpiya o‘yinlari oilasiga kiruvchi dzyudoda raqobatni oshirish maqsad qilib qo‘yilgan.

Bugun musobaqaning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Bahslarda yurtimizning turli viloyatlaridan tashrif buyurgan 200 nafarga yaqin sportchi o‘z omadini sinab ko‘rmoqda.

Bahslar erkaklar o‘rtasida -60, -66, -73, -81, -90, -100 va +100kg vazn toifalarida, ayollar o‘rtasida esa -48, -52kg, -57kg, -63kg, -70kg, -78kg va +78kg vazn toifalarida bo‘lib o‘tmoqda.

Musobaqada qayd etilayotgan natijalar bilan Milliy olimpiya qo‘mitasi rasmiy saytida tanishishingiz mumkin bo‘ladi.

Manba: www.olympic.uz
Kiritildi: 13:55, 10.06.2018.
O'qildi: 2844 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик