Kirish Ro'yxatdan o'tish
25/01 00:45 Torino 2-0 Kalyari
25/01 01:00 Las-Palmas 1-1 Osasuna
25/01 18:00 Malyorka 0-1 Betis
25/01 19:00 Komo - Atalanta
25/01 20:00 Brayton - Everton
25/01 20:00 Bornmut - Nottingem Forest
25/01 20:00 Liverpul - Ipsvich
25/01 20:00 Vulverhempton - Arsenal
25/01 20:00 Sautgempton - Nyukasl
25/01 20:15 Atletiko - Vilyarreal
25/01 22:00 Napoli - Yuventus
25/01 22:30 Sevilya - Espanyol
25/01 22:30 Manchester Siti - Chelsi
26/01 00:45 Empoli - Bolonya
26/01 01:00 Valyadolid - Real Madrid
26/01 16:30 Milan - Parma
26/01 18:00 Rayo Valyekano - Jirona
26/01 19:00 Kristal Pelas - Brentford
26/01 19:00 Tottenhem - Lester
26/01 19:00 Udineze - Roma
26/01 20:15 Real Sosyedad - Xetafe
26/01 21:30 Aston Villa - Vest Xem
26/01 22:00 Lechche - Inter
26/01 22:30 Atletik Bilbao - Leganes
27/01 00:00 Fulhem - Man. Yunayted

«Ramazondan kuch olib» yoxud ro‘za tutib mundialga tayyorlanayotgan terma jamoalar…

«Ramazondan kuch olib» yoxud ro‘za tutib mundialga tayyorlanayotgan terma jamoalar…

Baho:
+ | -

Rossiya milliy jamoasining JCH-2018 guruh bosqichidagi ikki raqibi (Misr va Saudiya Arabistoni termalari) hozirda muqaddas Ramazon oyida qo‘shimcha kuch olmoqda.

Musulmonlar uchun bir oylik majburiy ro‘za tutish muddati aynan 4 yillikning asosiy futbol musobaqasi arafasiga to‘g‘ri kelgani ehtimol, jamoalarning mashg‘ulotlari va umuman, mundialga qaratilgan tayyorgarlikka ta’sir o‘tkazar.

Axir ro‘zador futbolchilar to‘liq kuch bilan ishlay olishmaydi. Muhimi, bu masalada hech kim nolimaydi, aksincha, ko‘pchilik ro‘za amali odamni ham ruhan, ham jismonan chiniqtirishini ta’kidlaydi.

Ro‘za shartlari barchaga ma’lum. Ushbu go‘zal farz amalning asl mohiyati - e’tiqod mustahkamligini sinovdan o‘tkazish. Bu yil Moskvada quyosh chiqishi va botishi o‘rtasidagi vaqt chamasi 17 soatni tashkil qilmoqda.

Albatta, ro‘za tutmaganlar yozning jaziramasida shuncha muddat hattoki, bir qultum suv ichmay yurishni tasavvur ham qilolmaydilar. To‘g‘ri, ro‘za tutuvchi futbolchilar ma’lum ma’noda qiynalishadi, albatta. Zero, mashg‘ulotlarda sarflangan jismoniy quvvatni tiklash uchun yaxshi ovqatlanish zarur.

Saudiyaliklar JCHdagi ilk o‘yinni 14 iyun (taqvimga ko‘ra, Ramazonning oxirgi kuni) sanasi o‘tkazishadi. Xo‘sh, ular qanday yo‘l tutishadi? Ma’lum qilinishicha, arablar shu kuni ro‘zadan qochish uchun hech qanday bahona izlamaydilar.

Umuman, aksariyat musulmon futbolchilar Ramazon oyi qoidalariga to‘liq amal qiladilar. Axir ovqat va suv iste’mol qilmay ishlash, xususan, mashg‘ulot o‘tkazishdan hali hech kim o‘lgan emas.

Aytishlaricha, Saudiya Arabistoni va Misr terma jamoalari futbolchilari orasida hattoki, o‘yin kuni ro‘za tutishdan voz kechuvchilar yo‘q, hisobi. Ular Ramazonda to‘liq 30 kun «yopiq» og‘iz bilan yurishga odatlanishgan va bunda JCH ham ortiqcha ahamiyat kasb etmaydi.

Hattoki, Misr termasi bosh murabbiyi Ektor Kuper ham bu borada xotirjam. «Mamlakat futbol assosiasiyasi Ramazon davomida futbolchilarga yordam berish uchun maxsus mutaxassislarni ishga yolladi, - dedi yaqinda argentinalik murabbiy. - Hozir yigitlarning ovqatlanish va dam olish tartibini qat’iy tarzda nazorat qilyapmiz.

Umid qilamanki, ro‘za tutish shogirdlarimga salbiy ta’sir qilmaydi. Biroq umumiy vaziyat murakkab, baribir. Axir kun chiqishidan botishiga qadar ovqat tanovul qilmaydigan kishi mashg‘ulotlarda 100 foiz kuch bilan ishlolmaydi. Nima bo‘lishidan qat’iy nazar, futbolchilarni Ramazon qoidalaridan qaytishga majburlolmayman. Bunga haqqim yo‘q».

Darvoqe, vaqtida «Nyukasl»ni boshqargan  Alan Pardyu Ramazon masalasida to‘xtalib, jamoa hujumchisi Demba Ba 2011 yili rosa qiynalgani va ro‘za unga salbiy ta’sir etganini aytgandi.

Fakt shuki, senegallik futbolchi aynan Ramazondan keyin mahsuldorlikni oshirib, mavsum yakuniga qadar 16ta gol urgandi. Muqaddas oyning ruhiy quvvati shu bo‘lsa, ajabmas.

O‘tgan yili Germaniya musulmonlar markaziy kengashi Islom amallariga bo‘ysinuvchi futbolchilar (Mesut Ozil, Sami Xedira va boshqalar)ning muhim o‘yinlar kuni ro‘za tutmasliklari va qarzni keyinroq uzishlariga rasman ruxsat bergandi. Biroq ko‘pchilik bu imtiyozdan foydalangani yo‘q.

Muhimi, DAVOMI

InterFutbol.uz ning Telegram dagi sahifasiga ulaning – eng so‘nggi yangiliklar, qiziqarli bloglar va tahliliy materiallar endi bir to‘plamda.

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 00:38, 11.06.2018.
O'qildi: 9726 marta.
Fikrlar: 9 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.