Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo - Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona
07/12 00:45 Verona - Atalanta
07/12 01:00 Atletik Bilbao - Atletiko
07/12 16:30 Cremonese - Lechche
07/12 18:00 Elche - Jirona
07/12 19:00 Brayton - Vest Xem
07/12 19:00 Kalyari - Roma
07/12 20:15 Valensiya - Sevilya
07/12 21:30 Fulhem - Kristal Pelas
07/12 22:00 Lasio - Bolonya
07/12 22:30 Espanyol - Rayo Valyekano

Mirjalol Qosimov may oyining eng yaxshi murabbiyi sifatida tan olindi

Mirjalol Qosimov may oyining eng yaxshi murabbiyi sifatida tan olindi

Baho:
+ | -

Professional futbol ligasi hamda Championat.asia nashri hamkorligida o‘tayotgan oyning eng yaxshilarini aniqlash so‘rovnomasi navbatdagi g‘olib nomi aniqlandi.

Bungacha “Navbahor” darvozaboni Botirali Ergashev may oyining eng yaxshi posboni sifatida tan olingan bo‘lsa, Arslonmurod Omonovning “Lokomotiv” darvozasiga urgan goli eng chiroyliga aylangandi. Endi esa “Bunyodkor” klubi ustozi Mirjalol Qosimov oyning eng yaxshi murabbiyi uchun beriladigan esdalik sovrinni qabul qilib oladigan bo‘ldi.

Mirjalol Qosimov mart oyida ham eng yaxshi bo‘lishga erishgandi. U bugun PFL sovrinini ikkinchi marta olayotgan uchinchi insonga aylanadi. Pepsi Superliganing 15-turi doirasida “Bunyodkor” Buxoroda mehmon bo‘ladi. Uchrashuv oldidan Arslonmurod Omonovga eng chiroyli goli uchun sovrin beriladi. Qayd etish kerak, u aprel oyida eng yaxshi futbolchi ham bo‘lgandi. Yana "Navbahor" a’zosi Azizbek Turg‘unboyev mart oyida eng yaxshi futbolchi bo‘lish bilan bir qatorda oyning eng chiroyli goliga ham mualliflik qilgandi. Qolganlarga hozircha sovringa ikki bor ega chiqish nasib qilmagan.

“Bunyodkor” ustozi may so‘rovnomasida jami 50 ochko to‘pladi va “Paxtakor”dagi hamkasbi Shota Arveladzeni 4 ochkoga ortda qoldirdi. Qiziq tomoni, tomonlarning mart oyida o‘tgan o‘yinida Qosimov Arveladzedan ustun kelgandi. May oyidagi takroriy o‘yinda esa “Paxtakor”ning qo‘li baland keldi. Biroq shunda ham gruziyalik mutaxassis kamroq ovoz to‘pladi.

Nomzodlar e’lon qilinganida tarozining pallasi Ilhom Mo‘minjonovga og‘ishi kerakdek edi. U 4 ta o‘yinning hammasida yutgan bo‘lsa, Arveladzeda 1 ta durang, Qosimovda 1 ta mag‘lubiyat bor edi. Voqealar rivoji esa boshqacha tus oldi.

“Navbahor” safarda “Buxoro”ni, o‘z uyida esa “Qizilqum”, AGMK va “Metallurg”ni yengib, o‘z darvozasi dahlsizligini saqlab qoldi. Ovoz beruvchilarning 10 nafari Mo‘minjonovni 1-o‘ringa, 3 nafardani esa 2 va 3-o‘ringa loyiq ko‘rdi. Muxlislardan “Navbahor” ustozi maksimal ochko oldi. Natijada u to‘plagan ballar 45 tani tashkil qildi.

“Paxtakor” esa mayni “Qo‘qon-1912”ga qarshi durang bilan boshladi. Keyinroq “Nasaf” va “So‘g‘diyona”ni safarda, “Bunyodkor”ni o‘z uyida yengdi. Ovoz beruvchilardan 6 nafari Arveladzega peshqadamlikni loyiq deb bildi. 9 kishi uni ikkinchi, 8 tasi uchinchi o‘ringa joylashtirdi. Shota muxlislardan 2 ochko oldi — jami 46 ball.

“Bunyodkor” Toshkent derbisida imkoniyatni boy bergani bilan, AGMK, “So‘g‘diyona”, “Nasaf” kabi klublardan ustun kela oldi. Natijada 8 kishi Qosimovni peshqadam sifatida ko‘rsatdi. Biroq 2-o‘ringa uni ko‘rsatganlar soni 9 nafar bo‘ldiki, mana shu jihati bilan Qosimov Mo‘minjonovdan o‘zib ketdi. Muxlislar ham “Bunyodkor” ustoziga 4 ochkoni loyiq ko‘rdi.

Shu tariqa, o‘z-o‘ziga ovoz bergan murabbiylar emas, Mirjalol Qosimov mayda eng yaxshi bo‘ldi. Eslatib o‘tamiz, aprel oyida “Buxoro” ustozi Ulug‘bek Baqoyevga omad kulib boqqandi.

Manba: pfl.uz
Kiritildi: 17:24, 12.06.2018.
O'qildi: 2673 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.