Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/04 00:00 Vest Xem 4-0 Vulverhempton
11/04 00:00 Real Madrid 1-1 Jirona
11/04 16:30 Arsenal 1-2 Bornmut
11/04 17:00 Real Sosyedad 3-3 Alaves
11/04 18:00 Kalyari 1-0 Cremonese
11/04 18:00 Torino 2-1 Verona
11/04 19:00 Brentford 2-2 Everton
11/04 19:00 Byornli 0-2 Brayton
11/04 19:15 Elche 1-0 Valensiya
11/04 21:00 Milan 0-3 Udineze
11/04 21:30 Liverpul 2-0 Fulhem
11/04 21:30 Barselona 4-1 Espanyol
11/04 23:45 Atalanta 0-1 Yuventus
12/04 00:00 Sevilya 2-1 Atletiko
12/04 15:30 Jenoa - Sassuolo
12/04 16:00 Navbahor - Surxon
12/04 17:00 Dinamo - Lokomotiv
12/04 17:00 Osasuna - Betis
12/04 18:00 Parma - Napoli
12/04 18:00 Kristal Pelas - Nyukasl
12/04 18:00 Nottingem Forest - Aston Villa
12/04 18:00 Sanderlend - Tottenhem
12/04 18:15 Andijon - OKMK
12/04 19:15 Malyorka - Rayo Valyekano
12/04 20:30 Chelsi - Manchester Siti
12/04 21:00 Bolonya - Lechche
12/04 21:30 Selta - Real Ovyedo
12/04 23:45 Komo - Inter
13/04 00:00 Atletik Bilbao - Vilyarreal
13/04 18:00 Nasaf - Buxoro
13/04 19:00 Paxtakor - Mash’al
13/04 20:15 Qizilqum - So‘g‘diyona
13/04 23:45 Fiorentina - Lasio
14/04 00:00 Man. Yunayted - Lids
14/04 00:00 Levante - Xetafe

Stanislav Cherchesov: «Bugungi o‘yin to‘g‘ri yo‘ldan ketayotganimizni ko‘rsatib berdi»

Stanislav Cherchesov: «Bugungi o‘yin to‘g‘ri yo‘ldan ketayotganimizni ko‘rsatib berdi»

Baho:
+ | -

Rossiya terma jamoasi bosh murabbiyi Stanislav Cherchesov Saudiya Arabistoniga qarshi bo‘lib o‘tgandan keyin matbuot anjumanida ishtirok etdi.

— Aytingchi, Sizga kim qo‘ng‘iroq qildi? (CHerchesov matbuot anjumani paytida zalni tark etgandi)
— Mamlakat rahbari qo‘ng‘iroq qilib, meni va futbolchilarni g‘alaba bilan tabrikladi.

— Dzagoyevning jarohati borasida yangilik bormi?
— U ertaga tibbiy ko‘rikdan o‘tadi va uning natijalarini kutamiz. Shundan so‘ng biror narsa deyish mumkin.

— Ushbu g‘alabadan keyin futbolchilar havolanib ketishidan xavotir olmaysizmi?
— Mutlaqo yo‘q. Qanday maqsad yo‘lida harakat qilayotganimizni aniq bilamiz. Bugun ertalab futbolchilar bilan suhbatda ta’kidlagandim: bugungi o‘yin bilan musobaqa yakunlanmaydi. O‘yin biz uchun muvaffaqiyatli chiqdi. Konfederasiyalar kubogidagi tajriba bizda bor. O‘shanda 2:0 hisobidagi g‘alaba bizga yetarli bo‘lmagandi. Biz yaxshi tayyorgarlik ko‘rdik. Bugungi o‘yin to‘g‘ri yo‘ldan ketayotganimizni ko‘rsatib berdi. Lekin keyingi o‘yinga tayyorgarlik ko‘rishimiz kerak. Ertaga Misr terma jamoasining o‘yinini ko‘ramiz va tayyorgarlikni davom ettiramiz. Muhammad Saloh o‘ynaydimi yoki yo‘qmi, bilmadim, ammo raqib jamoa tarkibi saviyali futbolchilardan tashkil topgan.

— Uchinchi goldan keyin hissiyotlaringizni ko‘proq namoyish qildingiz. Sizni jiddiy qiyofada ko‘rib o‘rganib qolgandik.
— Kecha, o‘tgan kuni, bugun va bundan keyin meni borimcha ko‘rasiz. Ishim shunaqa: ba’zida muxlislarga quvonch ulashamiz, ba’zida yo‘q. O‘z futbolchilarimga ishonaman va ular bilan ishlash menga maroq bag‘ishlaydi.

— Raqib jamoa murabbiyi Rossiya uni hayron qoldirmaganini ta’kidladi.
— U qisman haq. U nimani nazarda tutganini tushundim. Biz avvalgidek pressing qildik, standartdan gol urdik. Lekin jipsroq, tartibliroq va tajovuzkor o‘ynadik.

Manba: ftbl.ru
Kiritildi: 23:32, 14.06.2018.
O'qildi: 5627 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик