Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston 0-0 Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano

Milliy olimpiya qo‘mitasi sharq yakkakurashlari bo‘yicha katta festivalga asos soldi

Milliy olimpiya qo‘mitasi sharq yakkakurashlari bo‘yicha katta festivalga asos soldi

Baho:
+ | -

19 iyun kuni poytaxtimizdagi «Zarafshon» kinokonsert saroyida jang san’ati va sharq yakkakurashlari bo‘yicha katta sport festivali tashkil etildi. O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi tashabbusi bilan o‘tkazilgan ushbu sport bayramida mamlakatimizda faoliyat olib borayotgan 25 ta sport yakkakurash federasiya va assosiasiyalar vakillari ishtirok etishdi.

Festivalda sharq yakkakurashlari hisoblangan karate va taekvondoning turli yo‘nalishlari, shuningdek, dzyudo, sambo, ushu, penchak-silat, muaytay, kikboksing, o‘zbek jang san’ati, qo‘l jangi, turon kabi sport turlari vakillari o‘zlarining ko‘rgazmali chiqishlari bilan yig‘ilganlarni hushnud etishdi.

Ushbu ajoyib harakatlar tomoshabinlarda katta taassurot qoldirdi va davomiy olqishlarga sazovor bo‘ldi. Qolaversa, festivalga tashrif buyurganlar taniqli murabbiy va sportchilar bilan muloqot qilish imkoniyatiga ham ega bo‘ldilar. Tadbirda O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi Bosh kotibi Jasur Matchanov, Sharq yakkakurashlari federasiyalari rahbarlari, murabbiylar, sportimiz yulduzlari va muxlislar ishtirok etishdi. Taniqli xonanda va estrada yulduzlarining ishtiroki esa sport bayramiga o‘zgacha fayz bag‘ishladi.

Mazkur festivalni o‘tkazishdan ko‘zlangan eng asosiy maqsad – ayni paytda tarqoq holda faoliyat yuritayotgan federasiya va assosiasiyalarni yagona maqsad yo‘lida birlashtirishdir. Xabaringiz bor, Milliy olimpiya qo‘mitasi so‘nggi paytlarda noolimpiya sport turlaridagi yetakchi, iqtidorli sportchilarni Olimpiya oilasiga mansub sport turlariga, ya’ni, dzyudo, karate, taekvondo WTF kabi turlariga yo‘naltirish ishlarini amalga oshirmoqda.

Bu borada bugun tashkil etilgan festival muhim qadamlardan biri bo‘ldi. Ushbu tadbir ularni o‘zaro hamkorlikda, hamjihatlikda ishlashga o‘ziga xos da’vat bo‘ldi. Bundan buyon ana shunday festivallarni muntazam ravishda o‘tkazib borishga kelishib olindi.

Manba: www.olympic.uz
Kiritildi: 12:08, 20.06.2018.
O'qildi: 3617 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.