Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/02 13:00 Iroq 2-4 Eron
05/02 17:00 Indoneziya 5-3 Yaponiya
07/02 00:45 Verona - Piza
07/02 01:00 Lids - Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta - Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya - Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona

Davron Fayziyev: «Bu yil hech kim «Mash’al» maydonidan ochko bilan qaytmagandi, buni uddaladik»

Davron Fayziyev: «Bu yil hech kim «Mash’al» maydonidan ochko bilan qaytmagandi, buni uddaladik»

Baho:
+ | -

Pro-Liga 16-turi doirasidagi markaziy o‘yin «Mash’al» - «Dinamo» (0:0) uchrashuvidan keyin «Dinamo» bosh murabbiyi Davron Fayziyev o‘z fikrlarini bildirdi.

- Muborakdagi o‘yindan oldin futbolchilarimizga ushbu bahsda bitta gol o‘yin taqdirini hal etishini ta’kidlagandim. Biz uchun eng asosiysi himoyada mustahkam to‘p surib, vaziyatlarni golga aylantirish edi. O‘yin davomida ikki tomonda ham gol urish uchun imkoniyatlar bo‘ldi. Mezbonlar hujumlari vaqtida darvozabonimiz va himoya chizig‘imiz yaxshi o‘yin namoyish etdi. Bizda ham birinchi bo‘lim yakunida juda yaxshi vaziyat yuzaga kelgandi, ammo hujumchimiz darvoza ustunini nishonga oldi. Bu yil hech kim Muborakda “Mash’al” bilan bahsda ochko olmagandi, biz buni uddaladik. Muborakda peshqadam “Mash’al” maydonidan ochko bilan qaytish yomon natija emas.

Meni ajablantirayotgan jihat, jamoamizning har o‘yinda turli ruhiy holatda tushayotganligidir. Peshqadam jamoalarga qarshi jangovar kayfiyatda, autsayder klublarga qarshi kuchiga to‘g‘ri baho bermaslik kayfiyati borligi meni qoniqtirmayapti. Bu borada ish olib boramiz.

Jamoamizga qo‘shilgan yangi futbolchilar bugun dastlabki o‘yinlarida maydonga tushganliklarini inobatga oladigan bo‘lsak, yaxshi kirishib ketishdi. Akmal Xolmurodov “Dinamo” uchun begona emas, u 3 yil davomida klub sharafini munosib himoya qilgan. Suhrob Izzatov va Abbosbek Jumaqulov singari yoshlarni ijara asosida “Bunyodkor”dan oldik, ulardan ham umidimiz katta.

Keyingi turda dam olamiz, tanaffus oldi so‘nggi turda esa “Norin” bilan maydonga faqat g‘alaba uchun tushamiz. Uchinchi davra oldidan vaziyatni imkonqadar yaxshilashimiz kerak.

Manba: www.fcdinamo.uz
Kiritildi: 11:24, 22.06.2018.
O'qildi: 3648 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.