Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/02 13:00 Iroq 2-4 Eron
05/02 17:00 Indoneziya 5-3 Yaponiya
07/02 00:45 Verona - Piza
07/02 01:00 Lids - Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta - Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya - Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona

JCH-2018. Yaponiya kartochkalar tufayli pley-offga chiqdi

JCH-2018. Yaponiya kartochkalar tufayli pley-offga chiqdi

Baho:
+ | -

Jahon chempionatining "H" guruhida bahslar yakuniga yetdi. Bu guruhda qiziq vaziyat yuzaga keldi.

Kolumbiya terma jamoasi so‘nggi turda Senegalga qarshi bahs olib borib, Yerri Mina tomonidan urilgan gol evaziga g‘alaba qozondi. E’tiborli tomoni, "Barsa" himoyachisi ketma-ket ikkinchi o‘yinda jamoasiga 3 ochkoni taqdim etmoqda. Ushbu g‘alabadan keyin kolumbiyaliklar 6 ochko bilan guruh peshqamiga aylanishdi.

Parallel kechgan o‘yinda esa Yaponiya terma jamoasi nimchorak finalga chiqish imkoniyatini yo‘qotgan Polshaga kichik hisobda imkoniyatni boy berdi. Kunchiqar yurt vakillari narigi o‘yinda qayd etilayotgan natijani bilgan holda, bahsning so‘nggi daqiqalarida 0:1 hisobini saqlab qolish uchun o‘ynadilar.

Yakunda Yaponiya va Senegal terma jamoalari 4 ochkodan to‘plashdi. Ularning to‘plar nisbati bir xil ko‘rinishga keldi — 4:4. Bu jamoalar 2-turda o‘zaro 2:2 hisobida durang o‘ynashgandi. Faqatgina kartochkalar hisob-kitobiga ko‘ra yaponlar nimchorak final yo‘llanmasini qo‘lga kiritishdi. Osiyolar guruh bosqichi davomida 4ta, afrikaliklar esa 6ta sariq kartochkalar olishgandi.

Kolumbiya va Yaponiya terma jamoalariga pley-offda Angliya va Belgiya terma jamoalaridan biri to‘qnash keladi.

Shu tariqa, Afrikaning barcha jamoalari guruh bosqichidan o‘ta olishmadi. Osiyodan esa faqat Yaponiya pley-offga chiqishga muvaffaf bo‘ldi.

JCH-2018. "H" guruhi, 3-tur
Senegal – Kolumbiya 0:1 (0:0, 0:1)
Gol: 0:1 – 74 Mina.
Senegal – Ndiay, Sane, Sabali (Vage, 74), Gassama, Kulibali, Sarr, Kuyate, Mane, Guye, Keyta (Konate, 80), Nyang (Sako, 86).
Kolumbiya – Ospina, Mina, Moxika, Aryas, Sanches, Sanches, Uribe (Lerma, 83), Kintero, Kuadrado, Xames (Muriel, 31), Falkao (Borxa, 89).
Ogohlantirishlar: Moxika (45), Nyang (51).

Yaponiya – Polsha 0:1 (0:0, 0:1)
Gol: 0:1 – 59 Bednarek.
Yaponiya – Kavasima, Sakai, Yosida, Makino, Nagatomo, Sakai, Sibasaki, Yamaguti, Usami (Inui, 65), Muto (Xasebe, 82), Okadzaki (Osako, 47).
Polsha – Fabianski, Bereshinski, Glik, Bednarek, Yendjeychik, Krixovyak, Guralski, Grosiski, Zelinski (Teodorchik, 79), Kujava (Peshko, 80), Levandovski.
Ogohlantirish: Makino (66).

JamoaO‘yinG‘alabaDurangMag‘-t T - NOchko
1 Kolumbiya 3 2 0 1 5-2 6
2 Yaponiya 3 1 1 1 4-4 4
3 Senegal 3 1 1 1 4-4 4
4 Polsha 3 1 0 2 2-5 3
Manba: stadion.uz
Kiritildi: 20:54, 28.06.2018.
O'qildi: 11495 marta.
Fikrlar: 13 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.