Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/04 00:00 Rayo Valyekano 1-0 Elche
04/04 17:00 Paxtakor 3-1 OKMK
04/04 17:00 Real Sosyedad 2-0 Levante
04/04 18:00 Qizilqum 0-4 Neftchi
04/04 18:00 Sassuolo 2-1 Kalyari
04/04 19:15 Surxon 3-1 Buxoro
04/04 19:15 Malyorka 2-1 Real Madrid
04/04 21:00 Verona 0-1 Fiorentina
04/04 21:30 Betis 0-0 Espanyol
04/04 23:45 Lasio 1-1 Parma
05/04 00:00 Atletiko 1-2 Barselona
05/04 17:00 Xetafe - Atletik Bilbao
05/04 18:00 Cremonese - Bolonya
05/04 19:15 Valensiya - Selta
05/04 21:00 Piza - Torino
05/04 21:30 Real Ovyedo - Sevilya
05/04 23:45 Inter - Roma
06/04 00:00 Alaves - Osasuna
06/04 15:30 Udineze - Komo
06/04 18:00 Lechche - Atalanta
06/04 21:00 Yuventus - Jenoa
06/04 23:45 Napoli - Milan
07/04 00:00 Jirona - Vilyarreal

JCH-2018. «G» guruhi g‘olibi qur’a yordamida aniqlanishi mumkin!

JCH-2018. «G» guruhi g‘olibi qur’a yordamida aniqlanishi mumkin!

Baho:
+ | -

Jahon chempionatining "G" guruhida 3-tur o‘yinlari boshlanish arafasida. Bu guruhda Panama va Tunis terma jamoalarida pley-offga chiqish imkoniyati qolmagan. Angliya va Belgiya terma jamoalari esa guruh g‘olibligi uchun kurash olib borishadi (guruhda 1-o‘rinni egallagan jamoa nimchorak finalda Yaponiya bilan o‘ynaydi, 2-o‘rin sohibi — Kolumbiya bilan).

So‘nggi tur oldidan Angliya va Belgiya bir xil ko‘rsatkichga ega bo‘lib turibdi. Har ikkala jamoa hisobida 6tadan ochko mavjud va to‘plar nisbati ham bir xil — 8-2. Bugun g‘alaba qozongan jamoa guruh g‘olibiga aylanadi. Bu tushunarli.

Durang qayd etilsa-chi? Unda feyr-pley qoidasi ishga tushadi. Bunda terma jamoalar guruh bosqichida olgan sariq va qizil kartochkalar hisob-kitob qilinadi. Hozircha Angliyada 2ta, Belgiyada esa 3ta "sariq" mavjud, qizil kartochkalar esa yo‘q. Demak, hozircha ustunlik inglizlar tomonida.

Bugungi o‘yin durang bilan yakunlansa-yu, ikkala jamoa futbolchilari bugun ogohlantirish olmasa yoki teng miqdorda ogohlantirish olishsa, inglizlar guruhda 1-o‘rinni band etishadi.

Mabodo, bugun Garet Sautgeyt shogirdlari raqibga nisbatan 1ta ko‘proq sariq kartochka olishsa, u holda feyr-pley qoidasi bo‘yicha ham mutlaq tenglik yuzaga keladi. Bunday holatda JCH-2018 tashkiliy qo‘mitasi guruh g‘olibini aniqlash uchun QUR’Aga murojaat qiladi.

P.S. Reglamentga bir bandni kiritish kerak ekan: guruh yakuni bo‘yicha ikki jamoa barcha ko‘rsatkichlar bo‘yicha bir xil ko‘rsatkichga ega bo‘lsa-yu, so‘nggi turda ular o‘zaro to‘qnash kelishgan bo‘lsa, qaysi jamoada yuqori pog‘onada bo‘lishini aniqlash uchun ular o‘rtasida penaltilar seriyasi amalga oshiriladi. Ammo bunday band JCH-2018 reglamentida mavjud emas.

P.S.-2. "G" guruhi g‘olibi 1/8 finalda nisbatan kuchsizroq hisoblangan Yaponiyaga to‘g‘ri keladi. Ammo chorak finalda bu juftlik g‘olibi Braziliya/Meksika juftligi g‘olibiga qarshi to‘qnash keladi.

Nimchorak finalda Kolumbiya bilan o‘ynaydigan terma esa, bu bosqichdan o‘tib olsa, chorak finalda Shvesiya/SHveysariya juftligi g‘olibiga raqib bo‘ladi. Xo‘sh, qaysi biri qulayroq: guruhda 1-o‘rinni egallashmi yoki ikkinchi bo‘lish?

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 22:51, 28.06.2018.
O'qildi: 8360 marta.
Fikrlar: 6 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик