Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal 2-3 Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid - Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

Xorxe Sampaoli: «Hali boshlang‘ich tarkibni aniqlab olganim yo‘q»

Xorxe Sampaoli: «Hali boshlang‘ich tarkibni aniqlab olganim yo‘q»

Baho:
+ | -

Argentina terma jamoasi bosh murabbiyi Xorxe Sampaoli Fransiyaga qarshi bo‘ladigan JCH-2018ning nimchorak final bahsi oldidan o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

«Ochig‘ini aytganda, asosiy tarkibda kim maydonga tushishini hali aniqlab olganim yo‘q. Argentinada variantlar ko‘p. Ixtiyorimizda ajoyib futbolchilar yig‘ilgan va barcha uchun eshiklar ochiq. Barcha narsani inobatga olish lozim, jumladan, futbolchilarning o‘rtacha yoshini ham. Ammo bu hal qiluvchi omil bo‘lmaydi. Biz o‘z imkoniyatlarimizga tayanamiz. Biz ruhiy jihatdan kuchlimiz. Maydonga ishonch bilan chiqamiz va g‘alabaga chanqoq ekanimizni namoyish qilamiz.

Raqibning o‘rtacha yoshi past ekanidan tashqari, fransuzlar safida buyuk futbolchilar bor. Biz professional ekanimiz haqida gapirdik. Professionallar esa bunday saviyadagi musobaqada to‘siqlarni yengib o‘ta oladi. Biz tayyorgarlik jarayoniga jiddiy yondashdik. Natijada kerakli konsepsiyani yaratishga muvaffaq bo‘ldik», – dedi Sampaoli.

Eslatib o‘tamiz, Argentina – Fransiya o‘yini 30 iyun kuni Qozon shahrida bo‘lib o‘tadi. Bahs Toshkent vaqti bilan 19:00da boshlanadi.

Manba: sports.ru
Kiritildi: 22:09, 29.06.2018.
O'qildi: 5931 marta.
Fikrlar: 8 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик