Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/02 13:00 Iroq 2-4 Eron
05/02 17:00 Indoneziya 5-3 Yaponiya
07/02 00:45 Verona - Piza
07/02 01:00 Lids - Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta - Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya - Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona

JCH-2018. Super o‘yin: Mbappe Argentinani uyiga ravona qildi

JCH-2018. Super o‘yin: Mbappe Argentinani uyiga ravona qildi

Baho:
+ | -

Jahon chempionatining pley-off bosqichidagi dastlabki bahs juda chiroyli kechdi. Yettita gol urilgan o‘yinda Fransiya terma jamoasi Argentinani mag‘lub etishga muvaffaq bo‘ldi.

Ayniqsa, 19 yoshli Kilian Mbappe bugungi bahsning haqiqiy qahramoniga aylandi. "PSJ" hujumchisi bahsning 11-daqiqasida butun maydonni katta tezlikda bosib o‘tib, raqib jarima maydonchasiga kirib keldi. Roxo uni qo‘li bilan yiqitdi. Belgilangan penaltini Grizmann golga aylantirdi.

Birinchi bo‘lim tugashiga 4 daqiqa qolganida "albisileste" hisobni tenglashtirishga muvaffaq bo‘ldi. Anxel Di Mariya 30 metrlardan to‘pni darvoza burchagiga joylab qo‘ydi.

Ikkinchi bo‘limning debyuti Messi jamoadoshlari uchun omadli keldi. Argentinaliklar "standart"ni amalga oshirishgan paytda himoyachi uzatmani qaytardi, ammo to‘p Messiga kelib tushdi. Leoning zarbasiga Merkado muvaffaqiyatli oyoq qo‘ydi va gol!

Keyingi 20 daqiqalikda esa Fransiya raqib darvozasini 3 marta ishg‘ol qildi. Dastlab o‘ng qanotdan tashkil qilindi va jarima maydonchasiga uzatma berildi. Himoyachi to‘pni qaytara olmadi. Pavar esa 17 metrlardan shunday zarba berdiki, to‘p olis burchakka kirib ketdi!

Mbappening yulduzli onlari 64 va 68-daqiqalarga to‘g‘ri keldi. Qanotdan yetkazilgan uzatmani Mbappe egalladi, bir fint bilan ikki himoyachi orasida o‘tib ketib, o‘tkir burchak ostida zarba berdi. Armani qo‘llarining ostidan to‘pni o‘tkazib yubordi. Oradan 4 daqiqa o‘tib qarshi hujumda fransuzlar Mbappeni yakkama-yakka vaziyatga chiqarishdi. "PSJ" futbolchisi aniq zarba bilan hisobni oshirdi.

O‘yinga qo‘shib berilgan daqiqalarda Messi tomonidan qanotdan yetkazilgan uzatmani Aguero hujumchisi bosh bilan darvozaga joylab qo‘ydi! Argentina hisobni tenglashtirishi mumkin edi, ammo futbolchi yaqin masofadan aniq zarba bera olmadi.

O‘ta qiziqarli kechgan o‘yinda Fransiya g‘alaba qozondi va chorak finalga yo‘l oldi. Desham shogirdlari chorak finalda Urugvay-Portugaliya juftligi g‘olibiga qarshi maydonga chiqadi.

JCH-2018. Nimchorak final
Fransiya – Argentina 4:3 (1:1)
Gollar: 1:0 – 13, penalti Grizmann, 1:1 – 41 Di Mariya, 1:2 – 48 Merkado, 2:2 – 57 Pavar, 3:2 – 64 Mbappe, 4:2 – 68 Mbappe, 4:3 – 90 Aguero.
Fransiya – Lyoris, Varan, Umtiti, Lyuka Ernandes, Pavar, Matyuidi (Tolisso, 75), Pogba, Kante, Jiru, Grizmann (Fekir, 83), Mbappe (Toven, 89).
Argentina – Armani, Maskerano, Otamendi, Merkado, Roxo (Fasio, 46), Talyafiko, Di Mariya, Banega, Peres (Aguero, 66), Pavon (Mesa, 75), Messi.
Ogohlantirishlar: Roxo (11), Talyafiko (19), Maskerano (43), Banega (50), Matyuidi (72), Pavar (73), Otamendi (90), Jiru (90).

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 20:54, 30.06.2018.
O'qildi: 7692 marta.
Fikrlar: 47 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.