Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/02 00:45 Bolonya 0-3 Milan
05/02 13:00 Iroq - Eron
05/02 17:00 Indoneziya - Yaponiya

Oskar Tabares: "To‘p bilan muomalamiz yaxshi bo‘lmasada, raqibni qiynay olamiz"

Oskar Tabares: "To‘p bilan muomalamiz yaxshi bo‘lmasada, raqibni qiynay olamiz"

Baho:
+ | -1

Urugvay terma jamoasi bosh murabbiyi Oskar Tabares JCH-2018 1/8 finalida Portugaliya termasi ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng (2:1) fikrlarini bildirdi.

"Bizning ajoyib sifatlarimizdan biri - futbolchilarning ishga bo‘lgan munosabati. Bugun raqib to‘pni faol olib qo‘ydi. Ular doim bizning maydonimizda harakat qilishdi. To‘p bilan yaxshiroq muomala qilishimiz kerak edi. Ammo to‘pga egalik qilishda oqsasak ham, raqibni qiynay olamiz. Doim shunday o‘ynymiz deb ayta olmayman. Biz ayni vaqtda qanday o‘ynash zarur bo‘lsa, shunday o‘ynaymiz.

JCH-2010dan so‘ng ancha o‘sdik. Bizning u yerdagi to‘pga egaligimiz JAR saviyasida edi. Ammmo to‘pga egalik doim ham golga olib kelavermaydi. Italiyada ishlaganimda bu tajribani egallagandim. Bugun himoyada yaxshi o‘ynadik, bu yerda biz individual yaxshi o‘ynaymiz.

Vazifalarimizdan biri Ronalduni qo‘riqlash edi. Uning butun maydon bo‘ylab harakatlanishini bilar edik. Bu bizning ssenariylarimizdan biri edi. Unga vaziyatni bermaslik uchun doim hushyor bo‘lishing kerak. Bu juda qiyin. Fransuzlar bilan ham shunday bo‘ladi. Agar erta taslim bo‘lsang, maydonga tushmaganing ma’qul", - deydi Tabares.

Manba: sports.ru
Kiritildi: 08:45, 01.07.2018.
O'qildi: 2622 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.