Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/05 23:45 Fiorentina - Atalanta
23/05 21:00 Bolonya - Inter
23/05 23:45 Lasio - Piza
24/05 00:00 Betis - Levante
24/05 00:00 Jirona - Elche
24/05 00:00 Xetafe - Osasuna
24/05 00:00 Malyorka - Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid - Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya - Barselona
24/05 00:00 Alaves - Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta - Sevilya
24/05 00:00 Espanyol - Real Sosyedad

«Navbahor»: Kosonsoyda samarali yig‘in

«Navbahor»: Kosonsoyda samarali yig‘in

Baho:
+ | -

Shuhrat Qoraboyev boshchiligidagi “Navbahor” yoshlar jamoasi 20-28 iyun kunlari viloyatimizning tog‘li hududi bo‘lgan Kosonsoyda o‘z o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini o‘tkazdi.

Yosh “lochinlar” mazkur yig‘in davomida kuniga 2 mahaldan mashg‘ulotlar o‘tkazish bilan birga,  2ta o‘rtoqlik uchrashuvida ham maydonga tushishdi. Dastlab futbolchilarimizga Namangan viloyatining 2-liga vakili “Kosonsoy” jamoasi raqib bo‘ldi. Mazkur o‘yinda yoshlarimiz yirik – 8:0 hisobida g‘alaba qozonishdi. Gollarga Akmal Turg‘unboyev (5ta), Bilolxon Toshmirzayev (2ta) va Ahmad Mamadaliyev mualliflik qilishdi.

Ikkinchi bahs esa Andijon viloyatining 2-liga jamoalaridan tuzilgan terma jamoaga qarshi o‘tkazildi. Mazkur bahsda ham yosh “lochinlar” yirik hisobda g‘alaba qozonishdi – 4:1. Namanganliklarning gollariga Akmal Turg‘unboyev (2ta), Ahmad Mamadaliyev hamda Bilol Toshmirzayev mualliflik qilishdi.

Qisqasi, yoshlar jamoamizning Kosonsoydagi o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini samarali tarzda yakunlandi.  

“Navbahor” PFK matbuot xizmati.

Manba: www.pfcnavbahor.uz
Kiritildi: 15:03, 02.07.2018.
O'qildi: 2857 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик