Kirish Ro'yxatdan o'tish
09/05 00:00 Levante 3-2 Osasuna
09/05 16:30 Liverpul 1-1 Chelsi
09/05 17:00 Elche 1-1 Alaves
09/05 18:00 Kalyari 0-2 Udineze
09/05 19:00 Fulhem 0-1 Bornmut
09/05 19:00 Brayton 3-0 Vulverhempton
09/05 19:00 Sanderlend 0-0 Man. Yunayted
09/05 19:15 Sevilya 2-1 Espanyol
09/05 21:00 Lasio 0-3 Inter
09/05 21:30 Manchester Siti 3-0 Brentford
09/05 21:30 Atletiko 0-1 Selta
09/05 23:45 Lechche 0-1 Yuventus
10/05 00:00 Real Sosyedad 2-2 Betis
10/05 15:30 Verona - Komo
10/05 17:00 Malyorka - Vilyarreal
10/05 18:00 Byornli - Aston Villa
10/05 18:00 Nottingem Forest - Nyukasl
10/05 18:00 Kristal Pelas - Everton
10/05 18:00 Cremonese - Piza
10/05 18:00 Fiorentina - Jenoa
10/05 19:15 Atletik Bilbao - Valensiya
10/05 20:30 Vest Xem - Arsenal
10/05 21:00 Parma - Roma
10/05 21:30 Real Ovyedo - Xetafe
10/05 23:45 Milan - Atalanta
11/05 00:00 Barselona - Real Madrid
11/05 23:45 Napoli - Bolonya
12/05 00:00 Tottenhem - Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano - Jirona

Bolalar futboli. Farg‘onada "Futbol hamma uchun" deb nomlangan musobaqa tashkil qilindi

Bolalar futboli. Farg‘onada "Futbol hamma uchun" deb nomlangan musobaqa tashkil qilindi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Mamlakatimizda 30 iyun - Yoshlar kuni munosabati bilan Farg‘ona futbol assosiasiyasi viloyatning eng chekka hududlari bo‘ylab futbol musobaqalari tashkil etdi.

Turnirning ilk bosqichi So‘h tumanida o‘tkazildi. "Futbol hamma uchun" deb nomlangan musobaqada So‘h tumanidagi mahalla yoshlari sportning mini-futbol turi bo‘yicha bellashdilar. Unda 2007, 2008 hamda 2009-yilda tug‘ilgan bolalar o‘zaro bellashdilar. Finaldagi "Rovon" hamda "Chashma" futbolchilari o‘rtasidagi o‘yinda "Rovon" jamoasi g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. G‘oliblar Farg‘ona futbol assosiasiyasi tomonidan medal, diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanishdi. Shu o‘rinda, So‘h tumani hokimligi va tuman Yoshlar ittifoqi vakillari viloyat futbol assosiasiyasiga tashkil etilgan turnir uchun minnatdorchilik bildirishdi.

"Futbol hamma uchun" turnirining ikkinchi qismi Shohimardon qishlog‘iga ko‘chdi. 100 nafarga yaqin mahalla bolalari o‘rtasidagi turnir ham qizg‘in ruhda kechdi. "Nasriddinboy" va "Dashariq" mahalla yoshlaridan tashkil topgan jamoalar finalga qadar yetib borishdi. Bellashuvni farg‘onalik yosh hakam Oybek A’zamjonov boshqarib bordi. Asosiy vaqtda g‘olib nomi aniqlanmagach, yakuniy natija penaltilar seriyasiga ko‘ra belgilandi. Unda "Nasriddinboy" jamoasi g‘olib keldi. Final bahsidan so‘ng g‘oliblarni taqdirlash marosimi o‘tkazildi.

Nafaqat g‘oliblarga, balki musobaqaning barcha ishtirokchilariga Farg‘ona futbol assosiasiyasi tomonidan medal, diplom, futbol to‘plari, formalar hamda adabiy kitoblar sovg‘a tarzida taqdim etildi. Shuningdek, turnirni barcha o‘yinlarini qiziqish bilan kuzatib borgan imkoniyati cheklangan bolalarga ham "turnirning eng yaxshi muxlisi" nominasiyasi ostida sovg‘alar topshirildi. Farg‘ona futbol assosiasiyasi yil davomida viloyatning barcha shahar va tumanlarida mana shunday turnirlarni o‘tkazishni reja qilgan.

Manba: www.the-uff.com
Kiritildi: 09:48, 05.07.2018.
O'qildi: 3632 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик