Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/03 00:45 Udineze 3-0 Fiorentina
03/03 01:00 Real Madrid 0-1 Xetafe
04/03 00:30 Bornmut 0-0 Brentford
04/03 00:30 Everton 2-0 Byornli
04/03 00:30 Lids 0-1 Sanderlend
04/03 01:15 Vulverhempton 2-1 Liverpul
04/03 18:45 Qo‘qon-1912 0-2 Paxtakor
04/03 19:15 Qizilqum 1-0 Andijon
04/03 23:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
05/03 00:30 Aston Villa - Chelsi
05/03 00:30 Fulhem - Vest Xem
05/03 00:30 Brayton - Arsenal
05/03 00:30 Manchester Siti - Nottingem Forest
05/03 01:15 Nyukasl - Man. Yunayted
05/03 19:00 Navbahor - Buxoro
05/03 19:15 Mash’al - Lokomotiv
05/03 19:30 Surxon - Neftchi

Nima uchun Ermatov guruhining JCH-2018dagi faoliyati erta yakunlandi?

Nima uchun Ermatov guruhining JCH-2018dagi faoliyati erta yakunlandi?

Baho:
+ | -1

FIFA jahon chempionatining qolgan o‘yinlarini boshqarib boruvchi 17ta hakamlar guruhini e’lon qildi. Afsuski, ular orasida Ravshan Ermatov boshchiligidagi hakamlarimiz yo‘q. Buning sababini taniqli futbol mutaxassisi Alisher Nikimbayev o‘zining telegramdagi kanali orqali ma’lum qildi.

"Hozir hammani bir savol qiynamoqda. Nima uchun FIFA Ravshan Ermatovni qolgan o‘yinlarni boshqaradigan hakamlar ro‘yxatiga qo‘shmadi?

Ma’lum bo‘lishicha, Ravshanning yordamchilaridan biri Abduhamidullo Rasulovda jarohat mavjud bo‘lib, u mazkur jarohat bilan Rossiyaga yo‘l olgan. Ikkinchi o‘yindan keyin ushbu jarohat o‘z ta’sirini ko‘rsata boshlagan. O‘sha kundan beri Abduhamidullo hattoki mashg‘ulotlarda ishtirok etmayapti. FIFA Hakamlar qo‘mitasi laynsmenning tuzalishini kutgan. Ammo, ming afsuslar bo‘lsinki, u sog‘ayishga ulgurmadi.

Aynan yordamchisining jarohati tufayli Ermatov uchun JCH-2018 biroz erta yakunlandi. Shunga qaramay, Ravshan va uning yordamchilari musobaqa oxiriga qadar Moskvada qolishadi. Bu esa FIFAning hakamlarimizga nisbatan yuksak ishonchidan dalolat beradi", — deya ma’lumot berdi Nikimbayev.

Eslatib o‘tamiz, Ravshan Ermatov Jahon chempionatlarining final bosqichida jami 11ta o‘yinni boshqarib, bu borada mutlaq rekordchi hisoblanadi. 41 yoshli o‘zbekistonlik hakam Qatarda o‘tadigan JCH-2022da ham ishtirok etishni ko‘zlamoqda.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 10:52, 05.07.2018.
O'qildi: 21318 marta.
Fikrlar: 11 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.