Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/03 00:45 Torino 4-1 Parma
14/03 01:00 Alaves 1-1 Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona - Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter - Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend - Brayton
14/03 20:00 Byornli - Bornmut
14/03 20:15 Atletiko - Xetafe
14/03 22:00 Napoli - Lechche
14/03 22:30 Chelsi - Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal - Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo - Valensiya
15/03 00:45 Udineze - Yuventus
15/03 01:00 Vest Xem - Manchester Siti
15/03 01:00 Real Madrid - Elche
15/03 16:30 Verona - Jenoa
15/03 18:00 Malyorka - Espanyol
15/03 19:00 Nottingem Forest - Fulhem
15/03 19:00 Man. Yunayted - Aston Villa
15/03 19:00 Kristal Pelas - Lids
15/03 19:00 Piza - Kalyari
15/03 19:00 Sassuolo - Bolonya
15/03 20:15 Barselona - Sevilya
15/03 21:30 Liverpul - Tottenhem
15/03 22:00 Komo - Roma
15/03 22:30 Betis - Selta

O‘zbekiston o‘smirlar Olimpiya o‘yinlaridagi lisenziyalar bo‘yicha o‘z rekordini yangiladi

O‘zbekiston o‘smirlar Olimpiya o‘yinlaridagi lisenziyalar bo‘yicha o‘z rekordini yangiladi

Baho:
+ | -

Tailand poytaxti Bangkok shahrida yengil atletika bo‘yicha yoshlar o‘rtasida Osiyo chempionati davom etmoqda.

Musobaqa sportchilarimiz uchun omadli kechmoqda. Kecha ikki nafar hamyurtimiz Regina Adashboyeva (bosqon uloqtirish) va Roksana Xudoyarova (uchxatlab sakrash) lar belgilangan me’yorlarni bajarib, III o‘smirlar Olimpiya o‘yinlariga yo‘llanmani qo‘lga kiritgandilar.

Bir necha daqiqa oldin yana bir hamyurtimiz Buenos-Ayres yo‘llanmasiga ega bo‘ldi. Bosqon uloqtirish bahslarida yurtimiz sharafini himoya qilayotgan Umid Hasanov 64.89 metr natija ko‘rsatib, O‘zbekiston sport delegasiyasi safiga yana bir lisenziyani qo‘shib qo‘ydi.

Qayd etish lozimki, ushbu lisenziya O‘zbekiston terma jamoasi uchun Argentina Olimpiadasiga 29-yo‘llanma bo‘ldi. Shu tariqa, o‘smirlar Olimpiya o‘yinlaridagi rekordimiz yangilandi.

Bungacha O‘zbekiston sport delegasiyasi 2010 yilgi Singapur Olimpiadasida 21 nafar, 2014 yilgi Nankindagi o‘smirlar Olimpiya o‘yinlarida esa 28 nafar sportchi bilan ishtirok etgan. Demak, 2018 yilgi Olimpiya o‘yinlarida bu ko‘rsatkich yangilanadi.

Yengil atletikachilarimiz hali musobaqadagi ishtiroklarini yakunlaganlari yo‘q. Demak, yaqin vaqt ichida lisenziyalarimiz soni yanada ortishi ehtimoldan holi emas. Shuningdek, yaqin 1 oy ichida hamyurtlarimiz sportning suzish, dzyudo va tennis kabi turlarida ham Buenos-Ayres yo‘llanmasini qo‘lga kiritishlari kutilmoqda.

Manba: www.olympic.uz
Kiritildi: 11:17, 05.07.2018.
O'qildi: 2477 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.