Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor 1-1 So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf 2-3 Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo 2-2 OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm - Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum - Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor - Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid
25/04 16:30 Fulhem - Aston Villa
25/04 17:00 Alaves - Malyorka
25/04 18:00 Parma - Piza
25/04 19:00 Liverpul - Kristal Pelas
25/04 19:00 Vest Xem - Everton
25/04 19:00 Vulverhempton - Tottenhem
25/04 19:15 Xetafe - Barselona
25/04 21:00 Bolonya - Roma
25/04 21:30 Arsenal - Nyukasl
25/04 21:30 Valensiya - Jirona
25/04 23:45 Verona - Lechche
26/04 00:00 Atletiko - Atletik Bilbao

Toshkentda Xalqaro og‘ir atletika federasiyasining navbatdagi Kongressi boshlandi

Toshkentda Xalqaro og‘ir atletika federasiyasining navbatdagi Kongressi boshlandi

Baho:
+ | -

Xabar berib o‘tganimizdek, Toshkent shahri og‘ir atletika bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi Jahon chempionatiga mezbonlik qilmoqda. Ushbu musobaqa doirasida poytaxtimizda Xalqaro og‘ir atletika federasiyasining yillik Kongressi bo‘lib o‘tishi haqida ham ma’lum qilgandik.

Bugun, 6 iyul kuni poytaxtimizdagi «International Tashkent» mehmonxonasida ushbu nufuzli anjuman boshlandi. Unda Xalqaro og‘ir atletika federasiyasi Prezidenti Tomash Ayyan, O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi Bosh kotibi Jasur Matchanov, mamlakat og‘ir atletika federasiyasi raisi Botir Zokirov, shuningdek, Konfederasiyalar va milliy federasiyalar vakillari ishtirok etishmoqda. Umuman esa Kongressga jahoning 79 mamlakatidan vakillar tashrif buyurishgan.

Kongress davomida bir qator muhim masalalar muhokama qilinishi kutilmoqda. Shuningdek, unda tashkilotning moliyaviy masalalari, antidoping, turli yosh toifalarida musobaqalar tashkil etishga oid hisobotlar ham tinglanadi.

Ma’lumot uchun, og‘ir atletika bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi Jahon chempionatiga ertaga, 7 iyul kuni rasman start beriladi. Musobaqaga poytaxtimizdagi «O‘zbekiston» sport majmuasi mezbonlilk qiladi. Mazkur yirik sport anjumanida ishtirok etish uchun jahonning 50 ga yaqin davlatidan 350 dan ziyod sportchi va murabbiylar, mutaxassislar Toshkentga yetib kelishgan.

Manba: olympic.uz
Kiritildi: 12:06, 06.07.2018.
O'qildi: 2192 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик