Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina 1-2 Udineze
24/12 00:45 Inter 2-0 Komo

Toshkentda og‘ir atletika bo‘yicha yoshlar o‘rtasida jahon chempionatining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi

Toshkentda og‘ir atletika bo‘yicha yoshlar o‘rtasida jahon chempionatining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi

Baho:
+ | -

Xabar berib o‘tganimizdek, poytaxtimiz Toshkent shahrida og‘ir atletika bo‘yicha yoshlar o‘rtasida jahon chempionati start oldi. Bugun “O‘zbekiston” sport majmuasida ushbu nufuzli musobaqaning tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Unda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari, O‘zbekiston velosport federasiyasi raisi Tanzila Narbayeva, Xalqaro og‘ir atletika federasiyasi prezidenti Tomash Ayyan va uning o‘rinbosarlari, O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi Bosh kotibi Jasur Matchanov, O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vaziri o‘rinbosari Sharifjon Mo‘mindjanov, Xalqaro og‘ir atletika federasiyasi ijroiya qo‘mitasi a’zosi, O‘zbekiston og‘ir atletika federasiyasi raisining o‘rinbosari Shahrillo Mahmudovlar ishtirok etishdi.

Tadbirni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari Tanzila Narbayeva ochib berdi.

«Avvalambor sizlarni poytaxtimiz Toshkent shahrida ko‘rib turganimizdan behad xursandmiz. Bugun katta sport bayrami boshlanmoqda. Og‘ir atletika bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionatiga start beriladi. Og‘ir atletika yulduzlari yana bir bora Toshkentda jam bo‘lishdi. Mamlakatimiz muntazam ravishda nufuzli musobaqalarga mezbonlik qilib kelmoqda. Jumladan, shu yilning 23-30 aprel kunlari Urganch shahrida o‘tkazilgan o‘smirlar va yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionati yuqori saviyada tashkil etildi. Umid qilamanki, oldinda turgan musobaqani ham muvaffaqiyatli o‘tkaza olamiz. Bugungi kunda mamlakatimizda 100 dan ortiq og‘ir atletika zallari faoliyat yuritmoqda. Ularda 8000 nafardan ortiq sportchilar mashg‘ulotlar olib boradilar. Ikki yil oldin Rioda bo‘lib o‘tgan Olimpiya o‘yinlarida Ruslan Nuriddinov oltin medalni qo‘lga kiritdi. Sportchilarimiz qo‘lga kiritayotgan muvaffaqiyatlar muhtaram Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyev tomonidan yaratilayotgan sharoitlar samarasidir.

Buenos-Ayresda o‘tkaziladigan o‘smirlar Olimpiya o‘yinlariga uch nafar og‘ir atletikachimizning yo‘llanma qo‘lga kiritgani bizga g‘urur bag‘ishlaydi. Hurmatli mehmonlar, sizlar uchun barcha talablarga javob beradigan sharoitlar yaratishga harakat qildik. Endi esa musobaqalarga navbat yetib keldi. Sportchilarimizga omad tilaymiz, chinakam kuchlilar g‘olib bo‘lishsin. Og‘ir atletika bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionatini ochiq deb e’lon qilaman”, – dedi Tanzila Narbayeva.

Shundan so‘ng O‘zbekiston Respublikasi davlat madhiyasi yangradi.

Xalqaro og‘ir atletika federasiyasi Prezidenti Tomash Ayyan jahon chempionati mezbonligi bilan barchani tabriklab o‘tdi.

“Xalqaro og‘ir atletika federasiyasi nomidan O‘zbekistonda tashkil etilayotgan jahon chempionati bilan qutlayman. Sizlar ajoyib mamlakatda istiqomad qilasizlar.
Ma’lumki, og‘ir atletika Olimpiya o‘yinlari dasturidan o‘rin olgan sport turidir. Va’da beramanki, 2020, 2024, 2028 yillarda ham ushbu sport turi Olimpiada dasturida bo‘ladi.
Fursatdan foydalangan holda musobaqani tashkil etishda yordam bergan O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligiga minnatdorchilik izhor etaman. Og‘ir atletika rivojiga qo‘shayotgan hissangiz uchun rahmat”, – dedi vengriyalik mutaxassis.

Shundan so‘ng martabali mehmonlarga milliy urf-odatlarimizga ko‘ra esdalik sovg‘alari taqdim etidi. Og‘ir atletika bo‘yicha uch karra Olimpiya o‘yinlari va jahon chempionlari Pirras Dimas, Kaxi Kaxiashvililarga ham milliyligimizni namoyon etuvchi zarbop cho‘ponlar taqdim etildi.

Keyin esa marosimning badiiy qismi boshlandi. Doirachilar, shuningdek, o‘zbek estradasi yulduzlarining chiqishi yig‘ilganlarning kayfiyatini yanada ko‘tardi. Bayramdan so‘ng musobaqalarga start berildi.

Manba: www.olympic.uz
Kiritildi: 18:20, 07.07.2018.
O'qildi: 3101 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.