Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/05 00:00 Espanyol 0-2 Real Madrid
04/05 19:00 Xorazm 0-3 Andijon
04/05 19:00 Lokomotiv 1-0 Qizilqum
04/05 19:00 Chelsi 1-3 Nottingem Forest
04/05 20:00 Nasaf 0-0 Navbahor
04/05 21:30 Cremonese 1-2 Lasio
04/05 23:45 Roma 4-0 Fiorentina
05/05 00:00 Everton 3-3 Manchester Siti
05/05 00:00 Sevilya 1-0 Real Sosyedad

Sport kurashlari. Bugun o‘smirlar o‘rtasidagi jahon chempionati yakunlanadi

Sport kurashlari. Bugun o‘smirlar o‘rtasidagi jahon chempionati yakunlanadi

Baho:
+ | -

Xorvatiyaning Zagreb shahrida sport kurashlari bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasida jahon chempionati bo‘lib o‘tmoqda. Bugun ushbu nufuzli musobaqa nihoyasiga yetadi. Bellashuvlarning so‘ngi kunida ham o‘zbekistonlik sportchilarda sovrinli o‘rinlar qo‘lga kiritish imkoniyati saqlanib qolgan.

Xabar berib o‘tganimizdek, yunon-rum kurashi bahslarida -51 kg vazn toifasida bahslarda qatnashayotgan Lazizxon O‘zbekov musobaqa davomida Ozarbayjon, Litva, Armaniston kurashchilarini mag‘lub etdi va finalga yo‘l oldi. Bugun u oltin medal uchun hindistonlik Laysharam Meyteyga qarshi gilamga chiqadi.

Shuningdek, Husan Yunusxonov (-45kg)da ham bronza medali uchun imkoniyat saqlanib qolgan. Buning uchun u avvaliga eronlik Amirrizo Dehbozorgini, keyin esa bolgariyalik Edmond Nazaryanni mag‘lub etishi lozim bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, ushbu jahon chempionatida erkin kurash bo‘yicha Jamshid Marufov oltin, Shahboz Komilov medalini qo‘lga kiritgandi. Yunon-rum kurashida esa sportchilarimizdan Abror Atabayev oltin, Amir Sultonov bronza medaliga sazovor bo‘lgan.

Manba: olympic.uz
Kiritildi: 18:49, 08.07.2018.
O'qildi: 2601 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик