Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/03 00:45 Udineze 3-0 Fiorentina
03/03 01:00 Real Madrid 0-1 Xetafe
04/03 00:30 Bornmut 0-0 Brentford
04/03 00:30 Everton 2-0 Byornli
04/03 00:30 Lids 0-1 Sanderlend
04/03 01:15 Vulverhempton 2-1 Liverpul
04/03 18:45 Qo‘qon-1912 - Paxtakor
04/03 19:15 Qizilqum - Andijon
04/03 23:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
05/03 00:30 Aston Villa - Chelsi
05/03 00:30 Fulhem - Vest Xem
05/03 00:30 Brayton - Arsenal
05/03 00:30 Manchester Siti - Nottingem Forest
05/03 01:15 Nyukasl - Man. Yunayted
05/03 19:00 Navbahor - Buxoro
05/03 19:15 Mash’al - Lokomotiv
05/03 19:30 Surxon - Neftchi

Superliga: AGMK va «Neftchi» uchrashuvi jangovar durrang bilan yakunlandi

Superliga: AGMK va «Neftchi» uchrashuvi jangovar durrang bilan yakunlandi

Baho:
+ | -

Superliga 16-turidan o‘rin olgan AGMK – “Neftchi” uchrashuvi o‘z nihoyasiga yetdi. OKMK stadionida bo‘lib o‘tgan o‘yinda durang natija qayd etildi.

Uchrashuv maydon egalarining ustunligida boshlandi. 19-daqiqa o‘tib borayotgan bir vaqtda mehmonlar o‘z jarima maydonlari ichida qupollik ishlatishdi. Penaltini Yovan Jokich aniq bajarib jamoasini oldinga olib chiqdi.

Ikkinchi bo‘lim debyuti farg‘onaliklarga omadli keldi. 51-daqiqada Sherzod Hakimov jarima zarbasini aniq ijro etgan holda hisobni tenglashtirdi. Oradan ko‘p vaqt o‘tmay Murodbek Bobojonov olmaliqliklar himoyasidagi xatodan unumli foydalandi va “Neftchi”ni hisobda oldinga olib chiqdi.

87-daqiqada Zafar Polvonov AGMKni mag‘lubiyatdan qutqarib qolgan golga muallif bo‘ldi.

Pepsi Superliga
16-tur

AGMK – «Neftchi» 2:2 (1:0, 1:2)

Gollar: 1:0 – 19, penalti Jokich, 1:1 – 51 Hakimov, 1:2 – 53 Bobojonov, 2:2 – 87 Polvonov.

AGMK: Pavel Matyash, Xurshidbek Muxtorov (Azamat Isroilov, 56), Muzaffar Muzaffarov (G‘ulom Haydar G‘ulomov, 67), Zafar Polvonov, Shoxnazar Norbekov, Jasur Hasanov, Vladimir Bubanya, Vladislav Kasminin, Yovan Jokich, Jamshid Hasanov (Oybek Qilichev, 76), Alisher Samatov.

Neftchi: Muzaffar Abdullayev , Iskandar Shaykulov, Shukurali Po‘latov, Jalil Kimsanov (Dilyorbek Irmatov, 87), Murodbek Bobojonov, Abrorbek Ismoilov, Andrey Sidorov (Abduraxmon Abdulxaqov, 46), Avazbek O‘lmasaliyev, Xusniddin G‘ofurov, Sherzod Hakimov (Igor Taran, 67), Dostonbek Tursunov.

Ogohlantirishlar: Bubanya (23), Samatov (70), Kimsanov (74), Ermatov (90+1).

Manba: iff.uz
Kiritildi: 22:12, 08.07.2018.
O'qildi: 2921 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.