Kirish Ro'yxatdan o'tish
09/05 00:00 Levante 3-2 Osasuna
09/05 16:30 Liverpul 1-1 Chelsi
09/05 17:00 Elche 1-1 Alaves
09/05 18:00 Kalyari 0-2 Udineze
09/05 19:00 Fulhem 0-1 Bornmut
09/05 19:00 Brayton 3-0 Vulverhempton
09/05 19:00 Sanderlend 0-0 Man. Yunayted
09/05 19:15 Sevilya 2-1 Espanyol
09/05 21:00 Lasio 0-3 Inter
09/05 21:30 Manchester Siti 3-0 Brentford
09/05 21:30 Atletiko 0-1 Selta
09/05 23:45 Lechche - Yuventus
10/05 00:00 Real Sosyedad - Betis
10/05 15:30 Verona - Komo
10/05 17:00 Malyorka - Vilyarreal
10/05 18:00 Byornli - Aston Villa
10/05 18:00 Nottingem Forest - Nyukasl
10/05 18:00 Kristal Pelas - Everton
10/05 18:00 Cremonese - Piza
10/05 18:00 Fiorentina - Jenoa
10/05 19:15 Atletik Bilbao - Valensiya
10/05 20:30 Vest Xem - Arsenal
10/05 21:00 Parma - Roma
10/05 21:30 Real Ovyedo - Xetafe
10/05 23:45 Milan - Atalanta
11/05 00:00 Barselona - Real Madrid
11/05 23:45 Napoli - Bolonya
12/05 00:00 Tottenhem - Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano - Jirona

Hakamlar qo‘mitasi ikki referini chetlashtirish borasida qaror chiqardi

Hakamlar qo‘mitasi ikki referini chetlashtirish borasida qaror chiqardi

Baho:
+ | -

Pepsi Superliganing 16-tur o‘yinlariga tayin qilingan ikki nafar hakam faoliyatidan chetlashtirildi. Bu haqda Hakamlar qo‘mitasi xabar berdi.

 “So‘g‘diyona” — “Metallurg” o‘yinida ishlagan Aziz Asimov hamda “Qo‘qon-1912” — “Lokomotiv” uchrashuvini boshqarib borgan Ilgiz Tantashev Superliga hamda Pro-Liga o‘yinlariga qo‘yilmaydi. Aniqlanishicha, ular bellashuvlar natijasiga bevosita ta’sir ko‘rsatuvchi bir qancha xatolarga yo‘l qo‘ygan.

Har ikki o‘yin nazoratchilari hakamlar harakatini past baholagan hamda o‘yinlar videoyozuvini ko‘rib chiqishni so‘rab Hakamlar qo‘mitasiga murojaat qilgan. Bugun — 10 iyul kuni qo‘mitaning birinchi galdagi ishi mazkur ikki uchrashuvni tahlil qilish bo‘ldi. Natijada Asimov hamda Tantashev noma’lum muddatga safdan chiqarildi. Ayni vaqtda qo‘mita Pepsi Superliganing qolgan uchrashuvlarini ham o‘rganib chiqmoqda. 

Hakam va nazoratchilar uchun talablar oshirilgani, shuningdek, yosh hakamlar yetishib chiqayotganidan kelib chiqib, bu borada raqobat o‘sayotganini qayd etish mumkin. Endilikda o‘z ustida ishlamayotgan yoki o‘yinlarda jiddiy xatolarga yo‘l qo‘yayotgan hakamlarni almashtirish uchun imkoniyat mavjud. Faoliyatida tanaffus yuzaga kelayotgan hakamlar o‘z ustida ishlashda davom etadi. Ular ishiga qaytishi uchun sinovlardan qayta o‘tishiga to‘g‘ri keladi.

Manba: www.pfl.uz
Kiritildi: 10:29, 10.07.2018.
O'qildi: 6839 marta.
Fikrlar: 7 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик