Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/02 13:00 Iroq 2-4 Eron
05/02 17:00 Indoneziya 5-3 Yaponiya
07/02 00:45 Verona - Piza
07/02 01:00 Lids - Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta - Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya - Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona

Finalga bir qadam! JCH yarim finalining dastlabki o‘yini haqida

Finalga bir qadam! JCH yarim finalining dastlabki o‘yini haqida

Baho:
+ | -

Futbol bo‘yicha jahon chempionati o‘zining yakuniy bosqichiga yetib keldi. Bugun yarim final o‘yinlari boshlanadi. Dastlab final yo‘llanmasi uchun ikki qo‘shni mamlakat Fransiya va Belgiya terma jamoalari kuch sinashadi.

Bosib o‘tilgan yo‘l

Fransiya terma jamoasi yarim finalga yetib kelguniga qadar guruh bosqichida kamtar natijalar ko‘rsatdi. Avvaliga Avstraliya terma jamoasi (2:1), keyin esa Peru terma jamoasi (1:0) katta qiyinchiliklar evaziga mag‘lub etildi. So‘nggi turda Daniya terma jamoasi bilan durang “uch ranglilar“ga guruh g‘olibligini taqdim etdi.

Nimchorak finalda faranglar Messi boshchiligidagi Argentina terma jamoasiga qarshi maydonga tushib, gollarga boy tarzda kechgan uchrashuvda 4:3 hisobida g‘alaba qozondi. Chorak finalda esa Janubiy Amerikaning boshqa bir jamoasi Urugvay taslim etildi.

Belgiya terma jamoasi esa aksincha guruh bosqichini juda ishonchli o‘tkazdi. Avvaliga Panama (3:0), keyin Tunis terma jamoalari (5:2) yirik hisobda mag‘lub etildi. So‘nggi turda Angliya ustidan (1:0) g‘alaba qozongan Martines shogirdlari pley-offning eng qiyin yo‘lidan borishiga to‘g‘ri keldi.

Bu yo‘lda dastlabki raqib unchalik jiddiy bo‘lmasada, o‘yin davomida barchasi teskari ekani ko‘zga tashlanib qoldi. Yaponiya terma jamoasi 2:0 hisobida oldinga ham chiqib olgandi. Biroq o‘yin so‘ngida o‘ziga kelgan belgiyaliklar uchta to‘p kiritib, irodali g‘alabani qo‘lga kiritishdi. Chorak finalda yevropaliklarga musobaqa favoritlaridan biri Braziliya ro‘baro‘ keldi. O‘ta jiddiy raqibga qarshi mardonavor kurashgan belgiyaliklar 2:1 hisobida g‘alaba qozonib, kurashni davom ettiradigan bo‘ldi.

O‘zaro o‘yinlar

Bu ikki terma jamoa o‘zaro 14 marta ro‘baro‘ kelishgan bo‘lib, ularning 11tasi rasmiy uchrashuv maqomida bo‘lgan. Qolgan uchtasi o‘rtoqlik uchrashuvi maqomida o‘tkazilgan. Fransiyada 5ta (o‘rtoqlik o‘yinlarida 0), Belgiyada 4ta g‘alaba (o‘rtoqlik o‘yinlarida 1ta) bor. 5ta uchrashuvda durang (o‘rtoqlik o‘yinlarida 2ta) qayd qilingan. To‘plar nisbati 27-19 (o‘rtoqlik o‘yinlarida 3-4) Fransiya foydasiga.

Terma jamoalarning rasmiy uchrashuvlari uzoq tarixga borib taqaladi. Ikki jamoa so‘nggi marta 32 yil muqaddam Meksikadagi jahon chempionatida uchinchi o‘rin uchun o‘yinda maydonga tushishgan o‘shanda o‘yinning asosiy vaqti 2:2 hisobida tugagan va qo‘shimcha taymlarda Fransiya ikkita to‘p kiritib, 4:2 hisobida g‘alaba qozongandi. JCH doirasidagi yana bir uchrashuv esa 1938 yilgi mundialda bo‘lib o‘tgan va unda Fransiya 3:1 hisobida raqibidan ustun kelgan.

Bundan tashqari ikki terma jamoa JCH saralash bosqichi o‘yinlarida 4 marta uchrashgan bo‘lib, ularning ikkitasi Fransiya, 1tasida Belgiya g‘alaba qozongan, 1 durang. Yevropa chempionatlari saralash bosqichida ham ular 4 marta duch kelgan bo‘lib, bunda Belgiya ikki uchrashuvni yutgan, Fransiya esa birorta ham g‘alaba qozona olmagan, 2 durang. Yevropa chempionati final bosqichidagi yagona o‘yinda esa Fransiya (1984 yil) yirik 5:0 hisobida zafar quchgan.

O‘yin oldidan ikkala jamoa tarkibida ham yo‘qotishlar yo‘q. Bu uchrashuvda terma jamoalar eng optimal tarkibni maydonga tushirishi kutilmoqda.

Uchrashuvni urugvaylik Andres Kunya boshqarib boradi. Qanotlarda unga ikki vatandoshi Nikolas Taran va Maurisio Espinosa yordam beradi. Zaxira hakami: Sezar Ramos — Meksikadan.

O‘yin Toshkent vaqti bilan 23:00da boshlanadi. Uchrashuv Sankt-Peterburgdagi “Sankt Peterburg Arena“ stadionida bo‘lib o‘tadi.

Manba: www.xs.uz
Kiritildi: 17:48, 10.07.2018.
O'qildi: 3338 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.