Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

«Ko‘zimni ochsam, jannatda yuribman!» Yoxud 38 yoshli Tim Keyxill haqida 38ta fakt

«Ko‘zimni ochsam, jannatda yuribman!» Yoxud 38 yoshli Tim Keyxill haqida 38ta fakt

Baho:
+ | -

«Yashil qit’a» sharafini himoya qiluvchi Avstraliya milliy jamoasi jahon miqyosida yuksak natijalarga erisholmagan. Ammo «sokkeruz» tarkibida doimo  yevrofutbolda tanilgan yulduzlar to‘p surishgan.

Shundaylardan biri - noyob iqtidor Tim Keyxill Rossiya mundialiga eng yoshi katta ishtirokchilardan biri sifatida tashrif buyurdi. Allaqachon 38 yoshni qoralab qolgan Tim xususan, Peru termasiga qarshi kechgan 3-tur o‘yinida zaxiradan maydonga tushdi, ammo «kenguru-lar»ga yordam beromaydi.

Shunday bo‘lsada, APLda dong taratgan tajribali hujumchini alohida e’tirof etish joiz. Axir u 4ta mundialda qatnashgan kam sonli futbolchilar qatoriga qo‘shildi. Demak, Timning 38 yoshiga ishora tarzida faoliyatidagi 38ta muhim fakt-voqeani keltirib o‘tamiz.

1. Keyxill futbol bilan televizor vositasida oshno tutingan. U bu borada shunday degandi: «Ekrandan chaqnaydigan yorqin shu’la menga bolaligimdan tanish. Televizor orqali APL, JCH va boshqa musobaqalar o‘yinlarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri tomosha qilardim.

Futbol Avstraliya vaqti bilan yarim tunda boshlanib, soat 4:00ga qadar davom etgani bois, otamdan ruxsat olishim shart edi. Muhimi, u hech qachon qarshilik qilmagan».

2. Tim ayni o‘sha davrda Angliya chempionatida 2 marta g‘alaba qozongan «Everton»ni yoqtirib qolgan. Uning tarkibida esa Gari Lineker hammani maftun etgandi. Qisqasi, yosh Tim tun bo‘yi futbol tomosha qilib, kunduzi hech narsa bo‘lmaganidek, maktabga yo‘l olardi.

3. Akalari Timni regbiga tortishadi. Biroq bolakay futbol shaydosi edi. Otasi bu masalada betaraf pozisiyada turadi, onasi esa regbini rad etadi. Natijada Tim anchayin xavfsiz hisoblangan futbol to‘garagiga qatnay boshlaydi.

4. Keyxill 16 yoshga to‘lganida, ota-onasi uning Londonga borishi va «Milluoll» safidan joy olishini ta’minlash uchun qarz ko‘tarishga majbur bo‘lishadi.

Shuningdek, akasi o‘qishni tashlab, ishga joylashadi. «O‘sha tanglik davrini har kuni eslayman. Bu hayotimdagi chiroyli chandiq bo‘lib qoldi...», - degandi Tim. Oradan 2 yil o‘tib, o‘smir yigit uyiga naq 5 ming funt jo‘natadi. Natijada otasi uy xarid qilish uchun dastlabki to‘lovni amalga oshiradi.

5. Keyxill 2003|2004 yillar mavsumida Angliya kubogi yarim finalida «Sanderlend» darvozasiga gol urib, «Milluoll»ni UYEFA kubogiga olib chiqadi. Futbolchi o‘sha zarbasini hamon eslaydi: «Shu golim «Milluoll»ni dunyo futbol xaritasiga olib chiqdi, meni esa katta sahnaga».

6. Keyinchalik Guardian nashri Keyxillning «Milluoll»dan «Everton»ga 1,5 mln. funt evaziga o‘tishini «10 yillikning asosiy qallobligi» sifatida baholadi. Hujumchi esa Liverpul klubiga chindan ham, katta manfaat keltirdi.

7. «Mitti Tim» - «Everton» muxlislari avstraliyalik to‘purarni shu taxallusga loyiq ko‘rishgan.

8. Avstraliyalik yigit «Everton»dagi debyut o‘yini chog‘i 67 ming muxlis qarshisida qoladi va o‘ziga asta pichirlaydi: «Hozir parvoz qilasan yoki cho‘kib ketasan! Boshqa variant yo‘q». Muhimi, u birinchi variantni uddaladi.

9. Tim «Everton» safidagi ilk golini «Manchester Siti» darvozasiga urdi. O‘shanda quvonchdan libosini boshiga tortib olgandi. Bu qilmishi uchun hakamdan sariq kartochka oladi, ammo Yozef Blatter uni himoya qilgandi:

«Referi qaroriga qo‘shilmayman. Hujumchi futbolkasini shunchaki, boshiga tortdi. Agar yechib tashlaganida, qoidani buzgan hisoblanardi».

10. 2007 yili rossiyalik Diniyar Bilyaletdinov bilan yonma-yon to‘p surgan Keyxill UYEFA kubogining bo‘lajak sohibi - «Zenit» darvozasini zabt etdi.

Qizig‘i, piterliklar keyinchalik aynan «Everton» yordami bilan guruhdan chiqishgandi - liverpulliklar so‘nggi turda AZ mehmoni bo‘lib, gollandlarni yengish asnosida «Zenit»ga «pley-off» yo‘lini ochishgan.

11. Keyxill Avstraliya termasidagi debyutini 25 yoshida nishonladi. Boisi, u 1994 yili oilasi bilan Samoaga yo‘l olgan va u yerdagi bayram chog‘i 17 yoshli futbolchilar o‘rtasidagi Okeaniya kubogi turnirida mahalliy terma jamoa safida bir marta maydonga tushgandi.

Xullas, atigi 11 daqiqalik ishtirok Timga 10 yil davom etgan sudlashuvlar vaqti «sokkeruz» libosini ki-yish imkonini bermadi.

12. «Menda shunday hissiyot tug‘ildiki, go‘yoki, hayotdan ko‘z yumganmanu jannatda yurgandekman» - Tim faoliyatidagi eng baxtiyor lahzalarni shu tariqa ta’riflagandi.

O‘shanda Avstraliya termasi JCH-2006da yaponlarga 0:1 hisobida yutqazayotgan pallada Keyxill zaxiradan maydonga tushib, 84-daqiqada muvozanatni tiklaydi va yana 5 daqiqadan keyin g‘alaba keltiruvchi golni uradi. Bu Timning JCHdagi dastlabki gollari edi - «dubl».

13. Tim 2006 yili «Oltin to‘p»ga da’vogar 50 nafar futbolchi safidan joy oldi. Yakunda sovrin jahon kubogini yutgan Fabio Kannavaroga nasib etdi, Tim esa so‘rovda loaqal 1ta ovoz olmagan 24 nafar nomzod orasida qoldi.

E’tiborlisi, Mixael Ballak, Sesk Fabregas, Stiven Jerrard, Aryen Robben, Ueyn Runi, Bastian Shvayn-shtayger, Fernando Torres va Andrey  Shevchenkoga ham ovoz berilmagandi.

14. Keyxill 2008 yili gollaridan birini g‘ayrioddiy tarzda nishonladi - qo‘llarini kishanlangan holda ko‘rsatgandi. U bu harakati bilan qamoqqa tushgan akasi - Shonga hamdardlik bildirmoqchi bo‘lgan.

15. Oradan yana 2 yil o‘tib, Keyxill bosh bilan gol urish bobida Angliya chempionati rekordini o‘rnatdi. U 170ta o‘yinda bosh bilan zarba berish orqali raqiblar darvozasini 27 marta nishonga olgandi. Ya’ni har 6,3ta uchrashuvda 1ta gol. Taqqoslash uchun, bo‘ydor Piter Krauchning bu boradagi ko‘rsatkichi 8,59ta, Shirerniki esa 9,59ta o‘yinga teng.

16. Keyxill JCH-2010da Bastian Shvaynshtaygerga nisbatan «podkat» ishlatib...

DAVOMI

InterFutbol.uz ning Telegram dagi sahifasiga ulaning – eng so‘nggi yangiliklar, qiziqarli bloglar va tahliliy materiallar endi bir to‘plamda.

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 20:53, 11.07.2018.
O'qildi: 4859 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.