Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/05 00:30 Real Madrid 2-0 Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul
17/05 15:00 Komo - Parma
17/05 15:00 Jenoa - Milan
17/05 15:00 Yuventus - Fiorentina
17/05 15:00 Piza - Napoli
17/05 15:00 Roma - Lasio
17/05 16:30 Man. Yunayted - Nottingem Forest
17/05 18:00 Inter - Verona
17/05 19:00 Everton - Sanderlend
17/05 19:00 Brentford - Kristal Pelas
17/05 19:00 Lids - Brayton
17/05 19:00 Vulverhempton - Fulhem
17/05 21:00 Atalanta - Bolonya
17/05 21:30 Nyukasl - Vest Xem
17/05 22:00 Rayo Valyekano - Vilyarreal
17/05 22:00 Atletiko - Jirona
17/05 22:00 Osasuna - Espanyol
17/05 22:00 Atletik Bilbao - Selta
17/05 22:00 Elche - Xetafe
17/05 22:00 Levante - Malyorka
17/05 22:00 Real Sosyedad - Valensiya
17/05 22:00 Sevilya - Real Madrid
17/05 22:00 Real Ovyedo - Alaves
17/05 23:45 Kalyari - Torino
17/05 23:45 Sassuolo - Lechche
17/05 23:45 Udineze - Cremonese

Gandbolchilarimiz Italiyadagi jahon kubogida oltin medallarni qo‘lga kiritishdi

Gandbolchilarimiz Italiyadagi jahon kubogida oltin medallarni qo‘lga kiritishdi

Baho:
+ | -

Italiyaning Teramo shahrida Xalqaro gandbol federasiyasi tavqimiga kiruvchi 46-xalqaro «Interamnia» jahon kubogi musobaqasi yakunlandi.

Turli yosh toifalari o‘rtasida o‘tkazilgan musobaqada jahonning 34 ta mamlakatidan 123 ta jamoa ishtirok etdi. Unda yurtimiz sharafini 2000 yillarda tug‘ilgan sportchilardan tashkil topgan ROZK (O‘zbekiston U-18 terma jamoasi) jamoasi himoya qildi. Hamyurtlarimiz ishtirok etgan yosh toifasida 14ta jamoa qatnashdi.

Murabbiylar Ulug‘bek Ikromov va Zafar Azimov boshchiligidagi yoshlarimiz guruh bosqichida «Lanester» (Fransiya), «Grunvald» (Polsha), «Virum Sorgenfri» (Daniya), «Mountada» (Marokash), «Kozanis» (Gresiya) kabi jamoalarga qarshi kurash olib borishdi. Vakillarimiz ilk o‘yinda Fransiyaning «Lanester» jamoasini 18:8 hisobida mag‘lub etishdi. Ikkinchi o‘yinda «Grunvald» ustidan 23:16 hisobida g‘alaba qozonishdi. Uchinchi bahsda esa «Kozanis» 26:8 hisobida taslim etildi. «Mountada»dan 21:14 hisobida ustun kelishdi. Keyinchalik «Virum Sorgenfri»ga qarshi bahsda 15:13 hisobida g‘olib bo‘lishdi.

Gandbolchilarimizga musobaqa yarim finalida yana o‘sha «Virum Sorgenfri» klubi raqib bo‘ldi va yoshlarimiz bu safar ham raqibni taslim etishni uddalashdi. Hisob 15:8. Hal qiluvchi bahsni hamyurtlarimiz Shveysariyaning «Shenois Jeneva» jamoasiga qarshi o‘tkazishdi va 18:9 hisobida g‘alaba qozonishdi. Shu tariqa hamyurtlarimiz musobaqa davomida o‘tkazilgan yetti uchrashuvning barchasida zafar quchib, oltin medallarga sazovor bo‘lishdi.

Milliy olimpiya qo‘mitasi ushbu muvaffaqiyat bilan O‘zbekiston gandbol federasiyasini, g‘olib sportchilarimiz va murabbiylarni tabriklaydi.

Manba: olympic.uz
Kiritildi: 22:25, 12.07.2018.
O'qildi: 2580 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик