O‘zbekiston chempionatining 14-turning qoldirilgan o‘yini doirasida "Qo‘qon-1912" o‘z maydonida "Metallurg"ni qabul qildi.
Bugungi o‘yinda faqat g‘alaba qozonish maqsadida maydonga tushgan qo‘qonliklar ilk daqiqalardan hujumkorlikka zo‘r berishdi. Dastlabki daqiqalarda raqib darvozasi oldida bosim o‘tkazgan mezbonlar tezkor gol kirita olishmadi. 17-daqiqada Muhammadanas Hasanovning zarbasi golga aylanishiga bir baxya qoldi. Ushbu vaziyatda omad mehmonlarga kulib boqdi.
25-daqiqadagi «Qo‘qon-1912» hujumini mehmonlar posboni katta qiyinchilik bilan bartaraf etib, jamoasini muqarrar goldan saqlab qoldi. 35-daqiqada Murod Xolmuhammedovning jarimadan oshirgan to‘pini raqiblar qiyinchilik bilan qaytarib qolishdi.
Birinchi bo‘limga qo‘shib berilgan daqiqalarda mezbonlar hisobni ochishga juda yaqin kelishgandi. Biroq so‘nggi pallada Akbar Ismatullayev mehmonlarni yaqqol goldan saqlab qoldi.
Ikkinchi bo‘limni ham maydon egalari shiddatli hujumlar ostida boshlashdi. Mehmonlar esa qarshi hujumga tayanib harakat qilishdi. 64-daqiqada Jasur Hakimovda yaxshi imkoniyat vujudga kelgandi. Biroq uning boshi bilan bergan zarbasi noaniq ko‘rinish oldi. 68-daqiqada zaxiradan maydonga tushgan Suhrob Berdiyev o‘yinni ancha kuchaytirdi. Uning chalqancha usulda tepgan to‘pi noaniq bo‘ldi.
69-daqiqada mehmonlar hisobni ochishdi. Gol muallifi Zohid Abdullayev bo‘ldi. Mehmonlar qarshi hujumdan samarali foydalanishdi.
75-daqiqada bekobodliklar o‘z jarima maydonchalari ichida qo‘pollik ishlatishdi. Bosh hakam penalti belgiladi. Murod Xolmuhammedov doimgidek penaltini aniq amalga oshirib, hisobni tenglashtirdi.
Goldan keyin «Qo‘qon-1912»da yana bir qator vaziyatlar vujudga keldi. Natijada hakam tomonidan qo‘shib berilgan daqiqalarda No‘’mon Hasanov shogirdlari ikkinchi golni urib, g‘alabani ilib ketishdi. Gol muallifi zaxiradan maydonga tushgan Behruz Sa’dilloyev bo‘ldi.
Pepsi Superliga, 14-tur
“Qo‘qon-1912” – “Metallurg” – 2:1 (0:0)
Gollar: Murod Xolmuhammedov – 75 (pen), Bexruz Saydilloyev – 90+5. - Zohid Abdullayev – 69.
“Qo‘qon-1912”: 1. O‘tkir Yusupov, 4. Bahodir Akramov (11. Firdavs Asadov-72), 5. G‘iyos Komilov, 10. Javohir Sidiqov, 15. 17. Quvondiq Ro‘ziyev (78. Bexruz Sadilloyev-85), 22. Murod Xolmuhammedov, 23. Aleksandr Merzlyakov, 65. Marko Milich, 70. Jasur Hakimov, 96. Muhammadanas Hasanov (19. Suhrob Berdiyev-57).
“Metallurg”: 35. Javohir Ilyosov, 5. Abbos Otaxonov, 9. Zabixullo O‘rinboyev, 10. Islom Isoqjonov, 15. Zohid Abdullayev (92. Otabek Zokirov-92), 28. Stanislav Andreev, 55. Akbar Ismatullayev, 87. Bahodir Pardayev (7. Suhrob Nurulloyev-59), 88. Abror Husinov, 90. Zafar To‘rayev (77. Muhammad Isayev-65), 91. Pavel Smolyachenko.
Hakamlar: Viktor Serazetdinov, Shavkat Fayziyev, Baxtiyor Shavkatov, Shavkat Nasibullayev.
Nazoratchi: Baxtiyor Tog‘ayev.
Komissar: Baxtiyor Nomozov.