Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/12 00:30 Arsenal 2-0 Brentford
04/12 00:30 Brayton 3-4 Aston Villa
04/12 00:30 Byornli 0-1 Kristal Pelas
04/12 00:30 Vulverhempton 0-1 Nottingem Forest
04/12 01:15 Lids 3-1 Chelsi
04/12 01:15 Liverpul 1-1 Sanderlend
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo - Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona

JCH-2018. Fransiya — ikki karra jahon chempioni!

JCH-2018. Fransiya — ikki karra jahon chempioni!

Baho:
+ | -

Futbol bo‘yicha 21-jahon chempionati yakuniga yetdi. Finalda Fransiya terma jamoasi Xorvatiyani mag‘lub etib, ikki karra jahon chempioniga aylandi.

Dalich jamoasi o‘yinni tajovuzkorlik bilan boshladi. Ular bahs boshidanoq to‘pni ko‘proq nazorat qilib, hujumlar tashkil etishdi. Fransiya esa shoshmadi, o‘z vaqtini kutdi. Bahsning 18-daqiqasi Desham jamoasi uchun omadli keldi. Grizmann jarima to‘pini aylanma zarba bilan o‘yiniga kiritdi. To‘p Manjukichning boshiga tegib, darvozaning olis yuqori burchakka kirib ketdi.

Aynan mana shu gol fransuzlar uchun ancha qulay holatni taqdim etdi. Fransiya o‘yinni boshlagan taktika bilan bahsni davom ettiradigan bo‘ldi. Xorvatiya esa oradan atigi 10 daqiqa o‘tib hisobni tenglashtirdi. Raiktich jarima to‘pini jarima maydonchasining o‘ng tomoniga yetkazdi. Xorvatiyalik futbolchi bosh bilan to‘pni raqib jarima maydonchasiga yetkazdi. U yerda xorvatlar to‘p uchun kurashda 3 marta raqibdan ustun kelishdi. Modrichning pasidan keyin Perishich jarima maydonchasi chizig‘i ustida to‘pni qabul qilib, Kante aldadi va chap oyoqda kuchli zarba berdi. To‘p olis burchakka kirib ketdi, 1:1.

Oradan ko‘p o‘tmasdan o‘yin taqdirini hal qilgan yana bir vaziyat ro‘y berdi. Burchakdan yetkazilgan uzatmaga sakragan paytda to‘p Perishichning qo‘liga tegib, ustun yonidan o‘tib ketdi. Nestor Pitana dastlab VAR bo‘yicha mutaxassis bilan maxsus aloqa orqali gaplashdi. So‘ng u videotakrorlar namoyish etiladigan ekran oldiga borib, qayta-qayta tomosha qilib, penalti belgilashga qaror qildi. Grizmann esa 11 metrli jarima zarbasini aniq amalga oshirib, "uchranglilar"ni hisobda oldinga olib chiqdi.

Xorvatiya ikkinchi bo‘limni ham hujumkorlik bilan boshladi. Ammo bu safar fransuzlar golga tortadigan vaziyatlarni ko‘proq yaratishdi va ulardan o‘ta samarali foydalanishdi. Uchrashuvning 52-daqiqasida Mbappe o‘ng qanotda Vidadan katta tezlikda o‘tib ketib, o‘tkir burchak ostida yakkama-yakka vaziyatga chiqdi va zarba berdi. Subashich oyoqlari bilan zarbani qaytardi. Oradan 7 daqiqa o‘tib Desham shogirdlari hisobdagi farqni oshirishdi. Pol Pogba raqib jarima maydonchasi tashqarisidan 2 marta zarba berdi. Dastlabki zarba himoyachiga tegib qaytdi. Ikkinchi zarbadan keyin to‘p darvoza burchagiga borib tushdi.

Ushbu gol xorvatlarning shashtini pasaytirmaslikning iloji yo‘q edi. Bundan esa Fransiya yana foydalanib qoldi. Kilian Mbappe olis masofadan darvozani ishg‘ol qildi! Subashich zarba qarshisida ojiz qoldi — 4:1.

Ugo Lyoris biroz ertaroq g‘alabaga ishonib yubordi shekilli, "qovun" tushirib qo‘ydi. Darvozabon o‘z himoyachisidan to‘pni qabul qilib, oldiga yaqinlashayotgan Manjukichni aldamoqchi bo‘ldi. Mario to‘pga oyoq qo‘ydiyu, darvozani ishg‘ol qildi!

Mazkur goldan keyin o‘yinga intriga qaytgandek bo‘ldi, ammo qolgan daqiqalarda Fransiya terma jamoasi metin himoyani yuzaga keltirdiki, xorvatlar hech narsa qila olishmadi.

Natijada Fransiya terma jamoasi o‘z tarixida ikkinchi marta jahon chempionligini qo‘lga kiritdi. Xorvatiya esa 1998 yilgi bronzadan keyin o‘z muzeylariga kumush medalni qo‘shib qo‘yadigan bo‘lishdi.

JCH-2018. Final
Fransiya – Xorvatiya 4:2 (2:1, 2:1)
Gollar: 1:0 – 18, avtogol Mandjukich, 1:1 – 28 Perishich, 2:1 – 38, penalti Grizmann, 3:1 – 59 Pogba, 4:1 – 65 Mbappe, 4:2 – 69 Mandjukich.
Fransiya – Lyoris, Varan, Lyuka Ernandes, Pavar, Umtiti, Kante (Nzonzi, 55), Pogba, Matyuidi (Tolisso, 73), Grizmann, Jiru (Fekir, 81), Mbappe.
Xorvatiya – Subashich, Lovren, Strinich (Pyasa, 81), Vrsalko, Vida, Rakitich, Brozovich, Perishich, Modrich, Rebich (Kramarich, 71), Mandjukich.
Ogohlantirishlar: Kante (27), Lyuka Ernandes (41), Vrsalko (90).

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 21:55, 15.07.2018.
O'qildi: 5696 marta.
Fikrlar: 25 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.