O‘zbekiston futbol assosiasiyasi 1-vise Prezidenti Umid Ahmadjonovning topshiriga asosan, O‘FAning Hakamlar va nazoratchilar boshqarmasi qoshida “Hakamlar bo‘yicha ekspertlar guruhi” tashkil etildi.
Ushbu ekspertlar guruhini tashkil etishdan asosiy maqsad, Superliga, Pro-liga hamda O‘FA tomonidan tashkil etilayotgan uchrashuvlarni boshqaruvchi hakamlarning saviyasini oshirish, ularning o‘yin davomidagi xatolarini kamaytirish, nohalol hakamlikni oldini olishdir.
Ekspertlar guruhi a’zolari etib Bobur Haydarov, Aleksandr Popov, Farhod Abdullayev, Marat Ismoilov, Arslon Hotamov, Baxtiyor Tog‘ayev, Ravshan Ermatovlar tayinlanishdi.
Tez orada muxlislar va hakamlar orasida interaktiv aloqani yo‘lga qo‘yish maqsadida yangi platforma ishga tushirilishi mo‘ljallangan. Ushbu platforma orqali muxlislar ekspertlarga bo‘lib o‘tgan o‘yinlardagi vaziyatlar, hakamlarning hatti-xarakatlari borasida savollar va takliflar bilan murojaat qilishlari va tegishli javoblar olishlari mumkin bo‘ladi.
Zo‘r TV bugun "Espanyol" — "Real" o‘yinini jonli ko‘rsatadi [2983]
O‘zFHM: "Paxtakor" – "Surxon" bahsida xato qilgan VAR hakami jazolandi [2482]
Maguayr kimni qo‘riqlayapti? «Xall»ning golida qiziq holat yuz berdi (+Video) [2164]
Hakamlikdagi shov-shuvdan keyin «Paxtakor» homiysi klubdan ketishi mumkin [2160]
"Paxtakor" – "Surxon" o‘yinidagi bahsli qarorga izoh berildi [2102]
"Barselona"da endi ro‘yxatdan o‘tkazish muammosi yo‘q — sababi ma’lum [1984]
Klopp kashf etgan iqtidor «Liverpul»ni tark etish arafasida [1930]
«Barselona» Alvaresdan voz kechdimi? Flik transferlar haqida gapirdi [1648]
«Real»ning «Espanyol»ga qarshi asosiy tarkibi e’lon qilindi [1634]
Shmeyxel «MYU» mag‘lubiyatidan so‘ng Reshfordni alohida e’tirof etdi [1415]













